Jahon siyosiy xaritasidagi davlatlarni rivojlanish darajasiga ko’ra o’rganish va baholash


Reja:
1. Davlatlarni iqtisodiy o’sish ko’rsatkichi haqida umumiy tushuncha
2. Davlatlarni iqtisodiy daromadlari bo`yicha guruhlash
3. Yuqori daromadli davlatlar
4. Daromadi o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori bo’lgan davlatlar
5. Daromadi o’rtacha ko’rsatkichdan past bo’lgan davlatlar
6. Iqtisodiyoti past daromadli davlatlar

Iqtisodiyotning jadval va mutanosib rivojlanib borayotgani mamlakatlarning milliy daromadi, aholisining hayot darajasi va sifatini izchil oshirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Shuningdek, milliy daromadning hajmi va tarkibidagi o’zgarishlarni tahlil qilishda eng avvalo, iqtisodiy o’sishning mohiyati iqtisodiyotning asosiy qarama qarshiligi hisoblangan resurslarning cheklanganligi bilan ijtimoiy ehtiyojlar o’sishining asosiy ziddiyatini yangi darajada hal etish va qayta ishlab chiqarishdan iborat.
Davlatlarni iqtisodiy o’sish ko’rsatkichi - bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi. Iqtisodiy rivojlanish esa ko’p jihatli jarayon hisoblanib, o’z tarkibiga texnik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi o’zgarishlarni qamrab oladi.
YaIM – bu ma’lum vaqt davrida, masalan bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga yetkaziladigan barcha tayyor mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir. YaIM har bir davlatning milliy valyutasida yoki xalqaro darajada qiyoslash maqsadida odatda AQSH dollarida ifodalanadi. YaIM konsepsiyasi birinchi marta 1934-yilda AQSH Kongressi uchun hisobotni tayyorlashda iqtisodchi Saymon Kuznets tomonidan kiritilgan. 1944-yildagi Bretton-Vudsk konferensiyasidan so’ng YaIM iqtisodiyotning hajmini o’lchash uchun hozirgi kungacha asosiy ko’rsatkich bo’lib qolmoqda. YaIM 2 xil ko’rinishda bo’ladi – nominal (joriy narxlarda), real (solishtirma narxlarda). Xalqaro qiyoslash maqsadida YaIM xalqaro valyuta birligida, odatda AQSH dollarida o’lchanadi. Shuningdek, YaIM va uning aholi jon boshiga qiymati milliy valyutaning xarid qobiliyati paritetida hisoblanadi. Nominal YaIM joriy, real solishtirma narxlarda hisoblanadi.
YaIM uch xil – ishlab chiqarish, daromadlar va xarajatlar usullarida hisoblanadi. Daromadlar usulida hisoblangan YaIM - milliy iqtisodiyotda faoliyat yuritgan barcha iqtisodiy sub’ektlar, uy xo’jaliklari (xorijiy fuqarolar qo’shilgan holda), korxonalar (xorijiy va qo’shma korxonalar ham hisoblanadi), nodavlat va notijorat korxonalari hamda davlat (respublika va mahalliy byudjet) daromadlari, Ya’ni, maosh, foiz daromadlari, korxona foydasi, mahsulot va importga sof (subsidiyadan tashqarii) soliqlar yig’indisidan iborat. Xalqaro miqyosda mamlakatlar aholisi daromadlari o’zgarishini qiyoslash uchun ularni muhim bir valyuta birligiga keltirish lozim. Ko’pincha aholi daromadlari yoki YaIMlarni aholi jon boshiga ko’rsatkichlari AQSH dollariga keltiriladi.
Iqtisodiy o’sishni YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash, baholashning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog’liq bo’ladi. Odatda, biror-bir mamlakat iqtisodiy o’sishini YaIM mutloq hajmining ortishi orqali o’lchash, uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash esa mamlakatdagi aholi turmush darajasini (daromadlari bo’yicha) taqqoslashda qo’llaniladi.
YaIM mamlakat iqtisodiyotining rivoji va uning aholisi farovonligi (daromadi) ni tavsiflovchi muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Real YaIM yoki jon boshiga YaIM oshganda mamlakat iqtisodiyoti va uning aholisi turmushi yaxshilanadi. Bu ko’rsatkichlarning kamayishi mamlakat iqtisodiyotida muammolar paydo bo’lganini va aholi farovonligi (daromadi) pasayganligini anglatadi.
Hozirgi vaqtda davlatlarni ularning daromadlari bo`yicha ayrim guruhlarga ajratish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Davlatlarni iqtisodiy daromadlari bo`yicha guruhlash “Jahon Banki Atlasi” metodikasi doirasida amalga oshirilib kelinmoqda. Unga binoan jahon mamlakatlari aholi jon boshiga to`g`ri keluvchi milliy daromadiga ko’ra 4 ta guruhga taqsimlangan. Ana shu metodik yondashuvdan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlari yuqori daromadidan past daromadliliga qarab 4 ta guruhga bo’lingan.
Birinchi guruh - yuqori daromadli mamlakatlar bo’lib, ularda aholi jon boshiga to’gri keluvchi daromad 12,376 AQSH dollari va undan yuqoridir. Jahon bank atlasining 2018-yilda chop etilgan ma’lumotlariga ko’ra bunday davlatlar soni yer yuzida jami 79 tani tashkil etadi (40-jadval). Ularning 38 tasi Yevropada, 14 tasi Osiyoda, 16 tasi Amerika va Karib dengizi davlatlari, qolgan 11 tasi Avstraliya va Okeaniyada. Shuni alohida ta’kidlash lozimki mazkur davlatlarning asosiy qismi hududiy jihatdan kichik va aholisi soni juda kam bo’lgan davlatlardir .
Ikkinchi guruh - daromadi o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori bo’lgan davlatlardir. Ya’ni aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi daromad 3,996 dollardan 12,375 dollar atrofida o’zgaruvchi mamlakatlar guruhi. 2018-yil ma’lumotlariga qaraganda ularning soni 60 tani tashkil etadi. Shundan Yevropada 13 tasi Yevropada, 11 tasi Osiyoda, 7 tasi Afrikada, 19 tasi Amerika va Karib dengizi davlatlari bo’lib, ularning barchasi hududi kichik va aholi soni kam davlatlardir (41-jadval).
Uchinchi guruh - aromadi o’rtacha ko’rsatkichdan pastroq bo’lgan davlatlar guruhi. Ya’ni ularda 1026 - 3,995 AQSH dollari atrofida o`zgaruvchi mamlakatlar guruhidir. Mazkur davlatlarning jami 47 tani tashkil etadi. Ulardan eng ko’pi 19 tasi Afrikada, 13 tasi Osiyoda, 5 tasi Amerika davlatlarida, 2 tasi Yevropada, qolgan 8 tasi Okeaniya davlatlarida joylashgan (42-jadval).
To’rtinchi guruh - past daromadli davlatlar. Aholi jon boshiga 1025 AQSH dollari yoki undan past bo’lgan davlatlar guruhi. Hozirgi kunda ularning soni dunyo bo’yicha 31 tani tashkil etadi. Mazkur davlatlarning 6 tasi Osiyoda, qolgan barchasi Afrikada joylashgan (43-jadval).

41-Jadval. Yuqori daromadli davlatlar (2018)

42- Jadval. Daromadi o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori bo’lgan davlatlar (2018)

43- Jadval. Daromadi o’rtacha ko’rsatkichdan past bo’lgan davlatlar (2018)

44- Jadval. Iqtisodiyoti past daromadli davlatlar (2018)

Bosh sahifa - Mundarija