Dunyo siyosiy xaritasidagi eksklav va anklav hududlar geografiyasi


Reja
1. Anklav va eksklav hududlar haqida umumiy tushuncha
2.Anklav hududlar va ularning turlarga bo’linishi
3. Jahon siyosiy xaritasidagi anklav davlatlar
4. Jahon siyosiy xaritasidagi eksklav davlatlar

Dunyoning ko’pgina mintaqalarida anklav hududlar mavjud bo’lib, bunday hududlarning borligi ba’zi holatlarda qo’shni davlatlar o’rtasidagi munosabatlarga ta’sir ko’rsatadi va hududiy bahslarga sabab bo’ladi. Hudud siyosiy geografik nuqtai-nazardan xalqaro-huquqiy munosabatlardagi eng asosiy masalalardan biridir. Hudud va chegara masalalarining hal qilingani u yoki bu davlatning xavfsizligi ta’minlanganini bildiradi va, o’z navbatida, umumbashariy xavfsizlikning muhim omili hisoblanadi. Soha vakillari anklav hududlar bilan bog’liq har qanday tadqiqotlarda o’ta ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishadi. Fikrimizcha bu masala nozik siyosiy masala bo’lgani uchun ham na siyosatshunoslar, na geograflar tomonidan yoki boshqa mutahasislar tomonidan nazariy va amaliy jihatdan to’la tadqiq etilmagan hamda tugallanmagan tadqiqotdir.
Anklav so’zi (fransuzcha enclave so’zidan olingan bo’lib, “yopiq, qurshovda qolgan hudud” ma’nolarini anglatadi) davlat hududining bir qismini boshqa davlat hududida qolganligi deb ta’rif beriladi. O’zbekiston yuridik ensiklopediyasida “anklav” ga “bir davlatning barcha tarafdan boshqa bir davlat (yoki bir necha davlatlar) ning quruqlikdagi hududi bilan qurshab olingan hududi (hududining bir qismi)” deya ta’rif berilgan. Yana shuni aytib o’tish joizki, “anklav” nafaqat yuridik atama sifatida, balki ijtimoiy-gumanitar fanlar doirasida ham qo’llanadi. “Anklav” so’zi lotin tilidagi “inclavatus” dan olingan bo’lib, “yopiq”, “qulf solingan” va “clavis” – “kalit” ma’nolarida qo’llanilgan. Shuningdek mazkur atama ingliz, fransuz, ispan va italyan tillarida ham ko’p ishlatiladi.
Anklav hududlar va ularning turlarga bo’linishi. Anklav hududlar va u bilan nazariy va amaliy masalarni sobiq Ittifoq vaqtida va hozirda ham rus olimlari tomonidan chuqurroq tadqiq etilgan. Rus olimi E.Vinokurov barcha anklav va eksklav hududlarni 3 ta guruhga ajratgan (1-chizma). Agar biror davlat hududining bir qismi boshqa davlat hududi bilan to’liq o’ralgan holatda bo’lsa unda “to’liq anklav” kategoriyasiga kiradi. Bunday holatda jarayonning geografik va siyosiy ko’rinishlari turlichadir. Agar bir davlatning quruqlikdagi hududi dengizga chiqish yo’li mavjudligi sababli, boshqa bir davlat hududi bilan qisman o’rab olingan bo’lsa, u “yarim anklav” deb ataladi. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, hozirgi kunda ushbu yo’nalishdagi muammolardan biri anklav hududlarning huquqiy maqomini belgilash bo’yicha yakdil fikrning yo’qligidir. Xalqaro huquqda ko’zga ko’ringan olimlardan biri B.Klimenkoning ta’kidlashicha, agar anklavning dengiz orqali asosiy davlat bilan bog’lanish imkoni bo’lsa, u tom ma’nodagi anklav hisoblanmaydi (Qodirov O’). Hozirgi kundagi anklavlarga misol sifatida Fransiyaning Sharqiy Pireneya departamentida joylashgan, Ispaniyaga qarashli Liviya shahrini, Barle-Nassau va Barle-Xorti (Gollandiyadagi Belgiya anklavlari), Byuzingen va Ferenaxov (Shveysariyadagi Germaniya anklavlari), Kampion (Shveysariyadagi Italiya anklavi) ni keltirish mumkin.
1-chizma. Anklav hududlarning turlarga bo’linishi

Agar biror hudud boshqa davlat suv hududlari bilan ajralgan bo’lsa, unda bular “orol anklav” deyiladi. Hozirgi kunda 3 ta shunday orol anklavlar bor. Bular Mozambikning hududiy suvlaridagi 2 ta Malavi oroli, 1 ta Nyasa ko’lidagi Argentina oroli shular jumlasidandir. Shuningdek hudud quruqlikda boshqa davlat bilan o’ralgan holatda bo’lib, biroq dengizga chiqish imkoniyati bo’lsa u “to’liq anklav” yoki “qirg’oq bo’yi anklavi” deyiladi. Agar ma’lum bir quruqlik dengiz yoki ko’l suvlari bilan o’ralgan bo’lsa, bunday holatda ular “dengiz anklavi” yoki “ko’l anklavi” deyiladi. Anklavning yana bir turlaridan biri “peneanklav” bo’lib, odatda bunday peneanklavlar tog’li hududlarda joylashgan bo’ladi. Bir qator holatlarda peneanklav va borishi qiyin bo’lgan hududlar o’rtasidagi farqni aniqlash juda qiyin.
Peneanklav - bu davlatning asosiy hududidan ajralmagan bo’lib, faqatgina atrofdagi davlatni kesib o’tishda amal qilish mumkin bo’lgan hududlardir. Peneanklav – lotincha so’z bo’lib “deyarli” degan ma’noni bildiradi. Peneanklavning asosiy xusiyatlaridan biri – asosiy hududga deyarli o’tkazib yuborilmaydigan zanjir bilan ulangan. Yuqorida aytib o’tilganidek, ularning aksariyati tog’larda joylashgan bo’ladi.
Jahon siyosiy xartiasida shunga o’xshash 32 ta anklav hududlar aniqlangan (Vinokurov E). Jahon siyosiy xaritasida uchinchi tartibdagi anklav hududlar ham uchrab turadi. Masalan Kuch-Bixar anklavi Bangladeshdagi Hind va Bangladesh chegarasida joylashgan. Bangladeshda 106 ta Kuch-Bixar okrugini eksklavlari (shu jumladan 3 ta ikkinchi darajali, bitta uchinchi darajali anklavlar) joylashgan. Shuningdek Hindistonda Bangladeshning 92 ta eksklavi jumladan 21 ta ikkinchi tartibli anklavlari bor (E. Vinokurov, 2007). Bunday anklvlarning juda zich va chigal joylashganligi uchun kompleks anklavlar ham deb atashadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, birinchidan ushbu “anklav” atamasi hali tugal mazmunga ega emas, ikkinchidan mazkur tushunchani aniqlash mezonlari va chegaralari to’liq ishlab chiqilmagan va butun dunyo bo’yicha bir xil mezon sifatida qabul qilinmagan. Anklav hududlarning xalqaro-huquqiy maqomi belgilanmaganligi sababli–bunday hududlarda yashovchi aholining turmushini og’irlashtiradi, har qanday davlat o’z hududining yaxlitligi, chegaralarining daxlsizligini ta’minlash maqsadida anklavlar ustidan o’zining suverenitetini o’rnatish uchun tegishli chora-tadbirlarni ko’rishi davlatlar o’rtasida ba’zi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

37- jadval. Jahon siyosiy xaritasidagi anklav davlatlar



38-jadval. Jahon siyosiy xaritasidagi to’liq anklav hududlar

39-Jadval. Pene anklav hududlar

40-jadval. Jahon siyosiy xaritasidagi eng katta anklav hududlar

Bosh sahifa - Mundarija