Jahonning yetakchi yettilik davlatlarining siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holatini tahlil qilish
Reja:
1. Katta yettilik davlatlari haqida umumiy ma’lumot.
2. AQSHning iqtisodiy, siyosiy, hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati
3. Yaponiyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati
4. Germaniyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati
5. Italiyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati
6. Fransiyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati
7. Birlashgan qirollikning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati
8. Kanadaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati
Katta yettilik davlatlari haqida umumiy ma’lumot. X-XXI asrlar bo’sag’asida jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni juda katta bo’lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa qit’asi va Shimoliy Amerika materigi va bir nafari Osiyoda joylashgandir. Ma’lumki, rivojlangan “Katta sakkizlik” davlatlar (hozirgi kunda ushbu davlatlar guruhida Rossiya Federatsiyasiz “Katta yettilik” davlatlari degan so’zlar ham jahon iqtisodiyotida ishlatilmoqda) iqtisodiyotini rivojlanishi asosan tabiiy resurslardan qanday foydalanishlik darajasiga va shuningdek uzoq yillarga mo’ljallangan zamonaviy ilmiy-texnikaviy taraqqiyotdagi o’zgarishlarga bog’liqdir.
Katta sakkizlik yoki sakkizlik guruhi G8 (ingliz tilida “Group of eight” G8 - Katta sakkizlik G8 xalqaro klub maqomiga ega bo’lib, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Germaniya, Rossiya va Yaponiya hukumatlarini o’z ichiga oladi. Shuningdek ushbu tashkilotni xalqaro muammolarni hal qiluvchi jamiyat, yaʼni norasman ushbu mamlakatlar boshliqlari forumi (Yevropa Komissiyasi ishtirokida) deb ham atashadi.
Katta sakkizlik xalqaro tashkilot hisoblanmaydi, ushbu jamiyat xalqaro kelishuvga ham asoslanmagan va kotibiyat ustaviga ega emas. Sakkizlik qarorlari majburan qo’llanilishi kerak bo’lgan qonun hisoblanmaydi. Nomining kelib chiqishi “Katta sakkizlik” atamasi “Katta yettilik” ning logik jihatdan davomi hisoblanadi. G7 ning ingliz tilidan o’girganda “Great Seven” deb ataladi, aslida G7 bu “Group of Seven” yaʼni Yetti Guruhi deyilganidir. Ushbu tarjimani G8 ga ham qo’llash mumkin. Ushbu siyosiy jamiyat 1975-yilning 15-17-noyabr kunlari AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya va Yaponiya o’rtasida tuzilgan va o’sha paytda G6 deb atalgan. 1976-yilda Kanadaning qo’shilishi bilan G7 Katta yettilik deb atala boshlandi. Rossiyaning qo’shilishidan keyin G8 Katta sakkizlik deb ataldi. Biroq “Katta sakkizlik” 2014-yilda Ukrainada hukumat o’zgarishi va Qrimning Rossiyaga qo’shilishidan, keyin Rossiya G8 davlatlari Rossiyani Qrimni “anneksiya qilishda” ayblab, yana “Katta yettilik” deb atala boshlandi.
Amerika Qo’shma Shtatlari. Amerika Qo’shma shtatlari – Shimoliy Amerika qit’asida joylashgan davlat. Davlat poytaxti: Vashington shahri. Maydoni 9373 ming kv.km. AQSH ning asosiy hududini tashkil etuvchi 48 ta shtatlari shimoliy Amerikaning markaziy qismida joylashgan, uni sharqda Atlantika okeani, g’arbda Tinch okeani o’rab turadi. AQSH Kanada va Meksika bilan chegaradosh. AQSH ning 49-shtati Alyaska Shimoliy Amerikaning eng chetki shimoli-g’arbini egallaydi va Rossiyaning eng chekka shimoli-sharqida Bering bo’g’ozi bilan ajralgan. AQSH ning 50-shtatni Gavaya orollari, 24 ta oroldan iborat arxipelag Tinch okeanining markaziy qismida jolashgan. Mamlakat aholisi 327.8 mln kishi (2019). O’rtacha yashash davomiyligi 80 yosh. Amerika millati juda ko’p sonli bo’lgan ko’p millatli mamlakat. AQSH ko’p millatlilik bo’yicha jahonda eng yuqori o’rinlarda turadi. Ulardan ko’pchiligi o’z tili va urf-odatlarini saqlab qolgan. Aholini irqiy belgilarga ko’ra uch guruhga ajratsak, u holda oq tanlilar aholining 84% ini (ular orasida, ayniqsa, irlandiyaliklar, italyanlar, yahudiylar, ruslar, polyaklar, ukrainlar diasporalari ajralib turadi), afrikaliklar (asosan XVIII asrda Afrika qit’asidan olib kelingan qullarning avlodlari) – taxminan 12%, osiyoliklar va tinch okeani orollari aholisi – taxminan 3%, amerikalik hindular (Qo’shma shtatlarning tub aholisi) – 1% dan kam, Lotin Amerikasi mamlakatlaridan kelganlar, “latinos” deb ataluvchilar – taxminan 9%. AQSH statistik ma’lumotlariga qaraganda mamlakatda 13000 o’zbek millatiga mansub aholi istiqomat qiladi.
23-jadval. AQSHning iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlari

AQSH - dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish hajmi, tovar va kapital eksport qilish, ishchi kuchining to’planish va markazlashuvi, ilmiy tadqiqotlarga sarf-harajatlar hamda harbiy sohaga ajratiladigan mablag’lar bo’yicha jahonda 1-o’rinda turadi. Butun dunyodagi sanoat ishlab chiqarishning uchdan bir qismi AQSH ulushiga to’g’ri keladi. Mamlakatning 2017-yildagi Yalpi ichki mahsuloti 19 trillion dollarga teng bo’lgan. Butun dunyoda faqatgina Xitoy iqtisodi AQSH iqtisodiga qarshi turish ehtimoli majudligi ta’kidlanadi. Amerika tadbirkorlik universitetida AQSH iqtisodiy qudratini uning shtatlariga bo’lib, turli davlatlarga qiyoslab ko’rishdi. Masalan iqtisodiyoti eng rivojlangan “Katta yettilik” davlatlaridan Buyuk Britaniya iqtisodi AQSHning Kaliforniya shtati iqtisodiyoti bilan deyarli tengligini ko’rish mumkin. “Katta yettilik” ning yana bir a’zosi Kanada iqtisodiy qudrati va Texas shtatining iqtisodiy imkoniyatlari bilan tengligini aytish mumkin.
Jahonda tinchlikni o’rganish Stokgolm universiteti tadqiqotlari ma’lumotlariga qaraganda 2017-yilda AQSHda qurol savdosi va harbiy xizmat ko’rsatish 2 foizga oshgan va 222 milliard 600 million dollarga etgan. Shuningdek BMT byudjetining 22 foizini (5.4 mlrd dollar) AQSH qoplab beradi. NATO xarajatlari uchun Yalpi ichki mahsulotining o’rtacha 3.5 foizini ajratadi. Iqtisodiyoti eng rivojlangan “Katta yettilik” davlatlaridan Yaponiya (9.7%), Fransiya (4.9%), Buyuk Britaniya (4.5%) tashkil etadi.
24-jadval. AQSHning eksport va import bo’yicha asosiy savdo hamkorlari (2017 yil)

Ma’lumotlarga qaraganda AQSHning 2017-yilda mamlakat qurolli kuchlari soni 1 348 400 nafarni tashkil etadi. Bundan tashqari zahirdagi harbiylar soni 857 950 nafardan iborat. AQSH bu jihatdan Xitoy va Hindistondan keyin 3–o’rinda turadi. 2017- yilda mamlakat harbiy xarajatlar uchun 610 mlrd dollar pul ajratgan.
Yaponiyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati. Geografik o’rni. Yaponiya Osiyoning sharqiy qismida joylashgan orollardan tashkil topgan davlatdir. Mamlakatning umumiy maydoni 377 972 km² bo’lib, dunyo bo’yicha 61-o’rinda turadi. Uning tarkibiga 6852 ta orol kiradi. Ularning eng yiriklari Xonsyu, Kyusyu, Sikoku va Xokkaydo bo’lib, mamlakat maydonining 97 foizini tashkil qiladi. Yaponiya hududini shimol tomondan Oxota dengizi, sharq va janubi-sharqdan – Tinch okeani, g’arbdan – Yapon va Sharqiy-Xitoy dengizlari, Xonsyu, Sikoku va Kyusyu orollari arxipelagi janubida ichki Yapon dengizi o’rab turadi. Qirg’oq chizig’ining umumiy uzunligi taxminan 30 ming kilometr. Yaponiya tog’li mamlakat bo’lib, hududining deyarli to’rtdan uch qismini (73%) tog’li hududlar egallaydi. Yaponiya hududining 2/3 qismi o’rmon bilan qoplangan bo’lib, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar mamlakat hududining 13% ini, aholi punkt yerlari esa 5% inigina tashkil etadi.
Ma’muriy-hududiy tuzulishi. Yaponiya 47 ta TO, DOU, FU, KEN deb nomlanuvchi ma’muriy - hududiy birliklardan tashkil topgan. Prefekturalarning bunday nomlanishi tarixdan saqlanib qolingan an’ana bo’lib, ular o’rtasidagi vakolatlarda esa farq umuman yo’q. “To” faqat poytaxt – Tokioga nisbatan ishlatilib “Tokioto” deyiladi. “Dou” ham bitta bo’lib, Yaponiyaning shimolidagi orol – Xokkaydoga nisbatan, “fu” esa, Yaponiyaning qadimgi poytaxti – Kyoto hamda Osakalarga nisbatangina ishlatiladi. Qolgan 43 ta ma’muriy - hududiy birlik “ken” deb nomlanadi. Har bir todoufukenda parlament tashkil etilgan bo’lib qonun doirasida normativ huquqiy aktlar chiqaradi. Todoufukenning boshliqlari - “tochiji”, “douchiji”, “fuchiji”, “kenchiji” lar hamda todoufuken parlamenti a’zolari o’sha prefektura aholisi tomonidan to’g’ridan – to’g’ri ovoz berish yo’li bilin saylanadi. Todoufuken o’z navbatida ShI (ularning soni 779 ta), ChOU (ularning soni 844 ta), SON (ularning soni 197 ta) deb nomlanuvchi mayda ma’muriy - hududiy birliklarga bo’lingan.
Aholisi. Aholisi 127 mln kishidan iborat bo’lib, dunyoda aholining ko’pligi bo’yicha 10-o’rinda turadi. Aholining zichligi 1km2 ga 336,6 kishini tashkil etadi. Yaponiya bir millatli mamlakat bo’lib, mamlakatda yashovchi chet el fuqarolari umumiy aholining 1.5% ini tashkil etadi. Ularning asosiy qismini shimoliy va janubiy koreyaliklar, xitoyliklar, tayvanliklar, braziliyaliklar va filippinliklar tashkil etadi. Yaponiya jahonda yuqori darajadagi urbanizatsiyalashgan mamlakatlardan biri bo’lib, urbanizatsiya darajasi 94.1 foizni tashkil etadi.
Iqtisodiyoti. Yaponiya yuqori darajada rivojlangan mamlakat hisoblanadi. Uning yalpi ichki mahsuloti 4,9 mlrd dollar bo’lib, bu ko’rsatkich bo’yicha AQSH, Xitoy va Hindistondan keyin 4-o’rinda turadi. Mamlaktning johon YaIM dagi ulushi 4,3 foizni tashkil etadi. Aholi jon boshiga o’rtacha 5443 ming dollar to’g’ri keladi.
25-jadval. Yaponiyaning iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlari
Mamlakatda o’rtacha ish haqi 3414 dollardan iborat. Mamlakatning jahon bozoridagi ulushi juda yuqori bo’lib, jahonning 80 dan ortiq davlatlari bilan savdo-iqtsodiy aloqalarini o’rnatgan. Yaponiyaning eksport va import bo’yicha jahon bozorida ulushi juda yuqori. 2018- yilda import mahsulotlarining umumiy miqdori 671 mlrd dollarni tashkil etgan bo’lib, jami import mahsulotlarini 23,3 foizini meneral yoqilg’i va neft mahsulotlari, 13,5 foizini elektro mashina va jihozlar, 9,7 foizini mashina jihozlari va kompyuter qismlari, 3,7 foizini optika, texnika va tibbiyot jihozlari, 3,4 foizini farmatsevtika maxsulotlari, 3,3 foizini transport vositalari, 3 foizini qurilish va xo’jalik materiallari, 2,3 foizini plastik materiallar va plastik buyumlari, 2 foizini keyim-kechak va aksessuarlar (trikotaj) tashkil etadi.
Mamlakatning eng asosiy savdo hamkorlari Xitoy, ASEAN tashkiloti davlatlari, AQSH, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Tayvan, Avstraliya, Janubiy Koreya, Malayziya, Gongkong, Singapur va MDH davlatlari tashkil etadi. Yaponiyada ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifat jihatdan juda yuqori bo’lib, ular dunyoning eng rivojlangan davlatlariga yetkazib beriladi.
26-jadval. Yaponiyaning asosiy savdo hamkorlari (2018)
(mlrd dollar)
Harbiy qudrati. Hozirgi vaqtda qurolli kuchlari soni 310,4 ming tani tashkil etadi. Hozirgi kunda har yili o’rtacha qurolli kuchlar uchun 45-50 mlrd dollar mablag’ sarflaydi. Jahon bo’yicha barcha harbiy xarajatlar uchun ajratilayotgan mablag’ni 2,6 foizi Yaponiya hissasiga to’g’ri keladi. Qurolli kuchlari va uning qudrati bo’yicha jahonda 8-o’rinda turadi.
Germaniyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati. Germaniya Federativ Respublikasi. 1990-yil 3-oktyabrda GFR va GDR yagona Germaniyaga Birlashgan. Poytaxti Berlin shahri. Germaniya markaziy Yevropadagi davlat bo’lib, u shimoldan Daniya, sharqdan Polsha va Chexiya respublikalari bilan, janubda Avstriya va Shveysariya bilan, g’arbda Fransiya, Lyuksemburg, Belgiya va Niderlandiya bilan chegaradosh. Shimolda shimoliy va Boltiq dengizlari bilan o’ralgan. Mamlakat maydoni 356733 kv.km (dunyoda 61-o’rinda). Mamlakatning shimoliy hududlari asosan tekisliklardan iborat. Markaziy hududlari esa adirlar va daryo vohalaridan iborat. Mamlakatning janubiy qismi Alp tog’lari kesib o’tgan. Boltiq dengizidagi Frizisk orollari va Shimoliy dengizdagi Femarn hamda Ryugen orollari ham Germaniyaga tegishli. Germaniyaning yirik daryolari Reyn, Rur, Mozel, Dunay, Elba. Mazkur daryolar mamlakat iqtisodiyotida ham muhim ahamiyatga ega. Mamlakat tabiiy qazilma boyliklarga juda boy. Ayniqsa ko’mir zaxirasi bo’yicha (Rur va Saar havzalari) Yevropada yetakchi davlatdir.
Siyosiy tuzulishi. Hozirda mamlakatda ikki qonun chiqaruvchi organi Bundesrat (unga hududlarning vakillari kiradi) va Bundestag (parlament) dan iborat parlament turidagi federativ ko’p partiyali respublika. Davlat boshlig’i – federal prezident, hukumat boshlig’i esa – federal kansler hisoblanadi.
27-jadval. Germaniyaning iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlari
Ma’muriy bo’linishi. Germaniya – federativ tuzilishga ega davlat bo’lib, uning tarkibida 16 ta teng huquqli ma’muriy hududiy birliklar mavjud (Bavariya, Baden-Vyurtemberg, Brandenburg, Gessen, Meklenburg-Perednyaya Pomeraniya, Nijnyaya Saksoniya, Reynland-Pfals, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt, Shimoliy Reyn—Vestfaliya, Tyuringiya, Shlezvig-Golshteyn), ulardan uchtasi – shaharlar (Berlin, Bremen va Gamburg). Yirik shaharlari: Berlin, Myunxen, Frankfurt, Dyusseldorf, Bremen, Bonn, Kyoln, Bavariya.
Aholisi. Germaniya aholisining soni 81,4 mln kishi (2019). Aholi soniga ko’ra Germaniya Yevropada Rossiyadan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Germaniya aholining o’rtacha zichligi 1 kv.m ga 228 kishini tashkil etadi. Yevropada bu ko’rsatkich bo’yicha u faqat Niderlandiya, Belgiya va Buyuk Britaniyadan keyin turadi. Jami aholining 92.2 foizini nemislar iborat bo’lib, qolgan qismini turklar, serblar, ukrainlar, ruslar va boshqa millat vakillaridan iborat.
Iqtisodiyoti. Germaniya yetakchi sanoat mamlakatlari qatoriga kiradi va jahon savdosi mamlakatlari orasida ikkinchi o’rinni egallaydi. Qishloq xo’jaligida donli ekinlar, kartoshka, sabzavotlar, mevalar va uzum yetishtirish ustuvor hisoblanadi. Go’sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish ham ancha katta. Agrar sektorda ishlovchi aholining taxminan 3% i band.
28-jadval. Germaniyaning asosiy savdo hamkorlari
(mlrd yevroda)
Italiyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati. Yevropa Ittifoqidagi davlat bo’lib, uning umumiy maydoni 301.3 ming kv.km. Aholisi 59.9 mln kishi (2019). Italiya: shimolda Avstriya bilan, Shveysariya bilan, shimoli-g’arbda Fransiya bilan, sharqda Sloveniya bilan chegaradosh. Mamlakatni beshta dengiz o’rab olgan: O’rta yer dengizi, Ion dengizi, Adriatika dengizi, Liguriya dengizi va Tirren dengizi. Mamlakat hududi shimoldan janubga tomon 1100 km ga cho’zilgan, hududining 23% ini vodiylar (daryo va qirg’oq oldi), 35% ini tog’lar (Alp va Apennin) va 42% ini – turli xil balandlikdagi balandliklar tashkil etadi. Alp tog’lari Italiyani shimoliy shamollardan himoya qiladi.
Italiya ma’muriy jihatdan 20 ta hududga (viloyat) bo’lingan (ulardan beshtasi avtonom hudud degan alohida maqomiga ega. Shuningdek 14 ta yirik shahar, 96 ta tuman, 7960 kichik ma’muriy birliklarga bo’linadi. Mamlakatda davlat tili italyan tili hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tilganidek mamlakatda bugungi kunda deyarli 60 mln aholi istiqomat qilib, ularning ko’pchiligi (taxminan 94%) italyanlar. Qolgan 6 foizni fransuzlar, nemislar, albanlar va boshqa millat vakillari tashkil etadi. Mamlakatda aholining o’rtacha umr kurish davomiyligi 82.3 yoshni tashkil qilib, butun dunyoda Yaponiya va Germaniyadan keyin 3-o’rinda turadi. Aholining 98% katoliklar hisoblanadi.
29-jadval. Italiyaning iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlari

Siyosiy tuzilishi. Italiyada ijro hokimiyati prezidentga va bosh vazir boshchiligidagi hukumatga tegishlidir. Ikki palatali parlament Respublika Senati va deputatlar palatasidan tashkil topgan.
Iqtisodi. Italiya yuqori darajada iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakat inovatsion biznes sohasida, yuqori darajada rivojlangan qishloq xo’jaligi, eng texnologiyali avtomashinalar va butun dunyo moda olamining rivojlanishi markazi sifatida alohida ajralib turadi. Mamlakatning YaIM 1.9 mlrd dollar (2017) bo’lib, aholi jon boshiga o’rtacha 2317 ming dollardan to’g’ri keladi (25-jadval). Bu jihatdan YaIM Fransiya va Buyuk Britaniya bilan deyarli bir xil darajada. Mamlakatning YaIM jahon YaIM mahsuloti hajmini 1.8 foizini tashkil etadi. Mamlakatda o’rtacha ish haqi deyarli 2500 yevroni tashkil qiladi. Lekin shunga qaramasdan so’nggi yillarda mamlakatda ishsizlik darajasi deyarli 11% ga yetgan. Italiya yevro hududiga kirsada, uning byudjeti kamomadi belgilangan me’yordan 3% ortadi. Iqtisodi ham sanoati rivojlangan shimolga va agrar janubga ajralgan.
30-jadval. Italiyaning asosiy savdo hamkorlari
(mlrd yevro)

Ko’pchilik xomashyo resurslari va iste’mol qilinadigan energiya eltuvchilarning taxminan 75% import qilinadi. Italiyaning iqtisodida sayyohlik va xizmat ko’rsatish sohasi katta rol o’ynaydi. Mamlakat turizmdan oladigan yillik daromadi 10 mlrd dollar bo’lib, bu mamlakat YaIM ni 12% ini tashkil qiladi. Italiya o’zining yuqori darajadagi iqtisodiyoti bilan birga, harbiy sohada ham dunyodagi eng yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatdagi Qurolli kuchlari soni 267500 nafarni (2017) tashkil etadi. 2017 yilda harbiy xarajatlar uchun 29 mlrddan ortiq pul sarflangan. Shuningdek mamlakat, NATO tashkilotining teng huquqli a’zosi bo’lib, mazkur tashkilot xarajatlari uchun har yili mamlakat YAIM ning 2 foizi ajratiladi.
Fransiyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati. Fransiya – G’arbiy Yevropadagi eng yirik davlat. U hududining kattaligi jihatdan Yevropa Ittifoqida birinchi o’rinda turadi. Mamlakat Belgiya, Lyuksemburg, Germaniya, Shveysariya, Italiya, Manako, Ispaniya va Andorra davlatlari bilan chegaradosh. Uning g’arbiy sohillarini Atlantika Okeani suvlari yuvib turadi. Mamlakatning umumiy maydoni 544 ming kvadrat km. (boshqa hududlardagi egallab olgan yerlari bilan 674 685 kv.km) ni tashkil etadi. Uning uchdan ikki qismi tekislikdan iborat. Yirik shaharlari Parij, Marsel, Lion, Tuluza. Mamlakat hududining 82 foizi, aniqrog’i 45 million gektar maydoni qishloq xo’jaligi yerlari va o’rmonzorlardan iborat. O’rmonzorlar salmog’i jihatidan Fransiya Yevropa Ittifoqida faqatgina Shvetsiya va Finlyandiyadan keyingi uchinchi o’rinda turadi.
Aholisi. Mamlakat aholisi 65.4 million kishi (2019) dan ortiq bo’lib, bir kv. km.ga 119.1 kishi to’g’ri keladi. Aholining 79.3 foizi Shaharlarda yashaydi. Aholi soni jihatidan Fransiya Yevropada Germaniyadan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Mavjud aholining 93 foizini fransuzlar tashkil etadi. Qolgan 7 foizni italyanlar, marokkoliklar, turklar, portugallar va jazoirliklar tashkil etadi. Mamlakatning yana bir e’borli tarafi shundaki aholining savodxonlik darajasi bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi.
Davlat tuzulishi va ma’muriy bo’linishi. Fransiyaning davlat tuzulishi – respublika. Mamlakatni davlat prezidenti boshqaradi. Prezident 7 yilga saylanadi. Fransiya respublikasi quyidagi holatda tarkib topgan: mustamlaka yerlar (22 ta chegaradosh va 96 ta ma’muriy hududiy okrug), 4 ta dengizorti hududiy okrug (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), 4 ta dengizorti hudud (Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya oroli, Uolles va Futuna, Janubiy yerlar va Fransiya Antarktidasi), shuningdek, alohida haq-huquqlarga ega hudud (Mayor, Sen-Per Mikelon). Hozirgi vaqtda mamlakatdagi qurolli kuchlari soni 388 635 nafarni tashkil etadi. 1,2 mingdan ziyod samolyotlar, shuningdek, boshqa eng oxirgi zamonaviy texnikalar bor. Har yili harbiy xarajatlar uchun o’rtacha 55-60 mlrd dollar pul sarflaydi. Shuningdek NATOning harbiy xarajatlari uchun mamlakat YaIM ni 2 foizi ajratiladi. Fransiya o’zining harbiy qudrati bo’yicha jahonning eng yetakchi davlatlari AQSH, Rossiya, Xitoy, Hindiston dan keyingi o’rinda turadi.
Ishlab chiqarish.Fransiya keng taraqqiy etgan industrial – agrar davlat. U ko’pgina yerosti qazilma boyliklariga ham ega. Ya’ni bu yerdan temir rudasi, toshko’mir, uran rudasi, boksit va kaliy tuzi ko’p miqdorda qazib olinadi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) va sanoat mollari ishlab chiqarish jihatidan (2587,6 mlrd dollar) u dunyoda to’rtinchi (AQSH, Yaponiya, Germaniyadan keyingi) o’rinni egallaydi.
31-jadval. Fransiyaning iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlari

Mamlakat jahon YaIM ulushi 2.23 foizni tashkil etadi. YaIM mahsulotining aholi jon boshiga ulushi 2856 ming dollar. Mamlakatda aholining o’rtacha ish haqi qariyb 3000 yevro atrofida. Shunga qaramasdan mamlakatda ishsizlik darajasi 9 foizni tashkil etadi (30-jadval). Chetga mahsulot eksport qilish (asosan, mashina va zamonaviy texnologiyalar) bo’yicha ham to’rtinchi, qimmatli zahiralarga egaligi bo’yicha esa uchinchi (AQSH va Yaponiyadan keyingi) o’rinni band etgan.
32-jadval. Fransiyaning asosiy savdo hamkorlari (2018)
Shuningdek, Fransiya Yevropada qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish borasida birinchi o’rinda turadi. Mamlakat G’arbiy Yevropadagi integratsiyalashuv jarayonlarida ham faol ishtirok etadi. Fransiya iqtisodiyoti uchun xarakterli jihatlardan biri yirik monopoliya mahsulotlari ishlab chiqarishdir. Ayni kunda ikkita yirik kompaniya po’lat eritish va undan mahsulot tayyorlash bo’yicha 70 foizlik ulushni, elektrli va elektr texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqarish bo’yicha 50 foizlik ulushni va avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha qariyb 100 foizlik ulushni o’z qo’lida ushlab turibdi. Eng monopollashgan ishlab chiqarish harbiy sohadagi sanoat mollaridir.
Qishloq xo’jaligi. Chorvachilikda esa naslchilik, bo’rdoqichilik va go’sht-sut yo’nalishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fransiya mol go’shti, yog’, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda nufuzli mamlakat sirasiga kiradi. Masalan, u bu borada Yevropa Ittifoqida ikkinchi, dunyoda esa beshinchi o’rinni egallaydi. Vino tayyorlashda u jahonda Italiyadan keyingi ikkinchi, konyak ishlab chiqarishda esa birinchi o’rinni egallaydi.
Birlashgan qirollikning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati. To’liq rasmiy nomi Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligi bo’lib, u Yevropanining Atlantika okeani qismidagi orollardan tashkil topgan davlat. Uning maydoni – 243,8 ming kv.km. Buyuk Britaniya 4 ta ma’muriy-siyosiy qismdan (tarixiy provinsiyalardan) tashkil topgan davlat hisoblanadi. Birinchisi Angliya bo’lib u 39 ta graflik, 6 ta metropoliten grafligi va Katta Londondan iborat. Ikkinchisi Uels bo’lib, u 9 ta graflik, 3 ta shahar va 10 ta Shahar-grafliklaridan tashkil topgan. Uchinchisi Shotlandiya bo’lib, mazkur mamlakat 32 ta viloyatdan iborat. To’rtinchisi Shimoliy Irlandiya bo’lib, u 26 ta tumandan tashkil topgan. Ulardan Angliya Buyuk Britaniya tarkibiga kiruvchi uch qismidan eng kattasi hisoblanadi. Shimoldan Shotlandiya bilan va g’arbda Uels bilan chegaralangan.
Siyosiy tuzilishi. Buyuk Britaniya – konstitutsion monarxiya. Davlat boshlig’i (shuningdek Hamdo’stlik boshlig’i) – qirolicha hisoblanadi. Mamlakatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyat monarxga va muloqatlar palatasi hamda lordlar palatasidan iborat parlamentga tegishli. Haqiqiy hokimiyat esa bosh vazir boshqaradigan hukumat qo’lida to’plangan. Buyuk Britaniya 4 ta ma’muriy-siyosiy qismdan tashqari yana 14 ta dengiz orti hududi 3 ta Qirollik yeriga ham ega.
33-jadval. Buyuk Britaniyaning iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlari
Aholisi. Buyuk Britaniya aholisining soni 66.8 mln kishidan iborat bo’lib, har bir kv km ga 271.6 kishi to’g’ri keladi. Mamlakatda so’nggi yillarda aholining qarish jarayoni faol davom etmoqda. Hozirda 15 yoshgacha bo’lgan aholi jami aholining 17,3 foizini, 15-65 yoshdagilar 66,2 foiz, 65 va undan kattalar esa 16,5 foizni tashkil etadi. Aholining o’rtacha yoshi 80,1 yoshni tashkil etadi.
Yevropaning aksariyat boshqa davlatlaridan farqli o’laroq mamlakatda aholining tabiiy o’sishi yiligi o’rtacha 0.6 foizga o’sib bormoqda. Mamlakat aholisining 81.4 foizi shahar aholisi hisoblanadi.Buyuk Britaniya ham boshqa davlatlarga o’xshab ko’p millatli mamlakat hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jami aholining 76 fioizi inglizlar, 5,8 foizi shotlandlar, 1,9 foizi irlandlar, 3,1 valliyslar 2,3 foizi hindlar, 1.8 foizi pokistonliklar, 0,9 foizi polyaklar, 0,7 foizi bangladeshlar, 0,5 foizi xitoylar, 0,4 foizi arablar, 0,3 foizi MDH davlatlariga kiruvchi millatlar, 0,1 foizi eronilar va 6,1 foizini esa boshqa millat vakillari tashkil etadi.
Iqtisodiyoti. Buyuk Britaniya bugungi kunga kelib iqtisodi yuqori darajada rivojlangan davlat hisoblanadi. Mamlakat YaIM hajmi 2.622 trilion dollar bo’lib, bu ko’rsatkich bo’yicha jahonda 10-o’rinda turadi (2018). Mamlakatda eng yetakchi sektor xizmatlar ko’rsatish sohasi hisoblanadi. Unda mamlakatning yetakchi mavqeiga ega xalqaro munosabatlar tizmidagi ixtisoslashuvini belgilaydigan xalqaro moliya markazlarining mavjudligidir. Mamlakatning Johon YaIM dagi ulushi 2.3 foizni tashkil etadi. Mamlakat jahon Doingbusiness ro’yxatida 7-o’rinda turadi. Mamlakatda eng kam ish haqi 1463,8 yevro, o’rtacha ish haqi esa 5100 yevrodan iborat. YaIM ning aholi jon boshiga ulushi 39720 dollarni tashkil etadi. Ishsizlik 4,1 foiz bo’lib, Yevropadagi eng past ko’rsatkichlardan biridir.
2000 yilda Buyuk Britaniyaning eksport xajmi 287 mlrd dollar, 2010 yilga kelib bu ko’rsatkich 412 mlrdga etgan, 2017 yilga bu ko’rskich yanada oshgan bo’lib, 436 mlrd dollarga etgan. O’tgan 20 yil davomida eng yuqori ko’rsatkich 2011- yilda bo’lib, 487 mlrd dollar bo’lgan.
So’nggi yillarda mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi fonidagi omillar mamlakatning eksport salohiyatiga o’z tasirini ko’rsatmoqda. Shunga qaramasdan mamlakat eksport hajmi bo’yicha jahondagi 10 ta mamlakatdan biri hisoblanadi.
34-jadval. Buyuk Britaniyaning asosiy savdo hamkorlari (2017)
(Mlrd dollar hisobida)

Mamlakat jahon bozoriga asosan avtomobillar, dori-darmon vositalari, rangli metallurgiya, gaz trubalari, neft xomashyosi, samolyot qismlari, spirtli ichimliklar, tekstil mahsulotlari, plastik materiallar, go’sht va boshqa go’sht mahsulotlari, mashina qismlari, poyafzal va boshqa tovarlarni eksport qiladi.
Qurolli kuchlar tizimi. Buyuk Britaniya NATO tashkilotining to’liq a’zosi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mamlakat qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilari 150 ming kishi bo’lib, zaxiradgi harbiy xizmatchilari soni bilan 279,2 kishidan iborat. Hozirgi kunda har yili o’rtacha qurolli kuchlar uchun 47-48 mlrd dollar mablag’ sarflaydi. Dunyoning eng qudratli armiyalari reytingida kuchli 7-o’rinni egallagan. Qurolli kuchlar uchun mamlakat har yili YaIM ni 1,8 foizini ajratadi. Jahon bo’yicha barcha harbiy xarajatlar uchun ajratlayotgan mablag’ni 2,6 foizi Buyuk Britaniya hissasiga to’g’ri keladi.
Kanadaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati. Shimoliy Amerikadagi Shimoliy qismida davlat bo’lib,uning umumiy maydoni - 9970610 km2. Kanada janubda va Shimoli-g’arbda AQSH bilan chegaradosh, Sharqda Atlantika okeani, g’arbda Tinch okean, shimolda va shimoli-sharqda Shimoliy Muz okeani bilan tutash. Mamlakat janubdan va Shimoli-g’arbdan AQSH bilan Rossiya va Daniya bilan dengiz suvlari orqali chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi - 8893 km. Hududning kattaligi bo’yicha dunyoda (Rossiyadan keyingi) ikkinchi o’rinda turadi. Kanada barcha foydali qazilma turlariga boy bo’lgan sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi. 1791- yilda konstitutsion akt qabul qilingach, Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlaka yer mulklari chegaralari uzil-kesil rasmiylashtirildi va belgilab qo’yildi. 1931 -yilda Angliya hukumati Kanadaning ichki va tashqi siyosatdagi mustaqilligini tan oldi.
Ma’muriy hududiy bo’linishi. Kanada keng huquqlarga ega bo’lgan 10 ta viloyatdan (Alberta, Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek, Manitoba, Yangi Shotlandiya, Nyu-Bransuik, Nyufaundlend va Labrador, Ontario, Shahzoda Eduard va Saskachevan oroli) va federal hukumat boshqaruvidagi 3 hududdan (Nunavut, Shimoli-g’arbiy hudud va Yukon.) iborat federal davlat. Mazkur 10 ta viloyat va 3 ta hudud ham yana bir qancha ma’muriy birliklarga ajaratiladi lekin ular alohida ma’muriy hududiy maqomga ega emas.
Davlat tuzilishi. Mamlakatning rasmiy nomi — Kanada. Davlat tili — ingliz va fransuz. Mamlakat boshqaruv shakliga ko’ra konstitutsion monarxiya hisoblanib, rasman Buyuk Britaniya qirolichasi va uning vakili bo’lgan general-gubernator davlat boshlig’i hisoblanadi. General-gubernatorni qirolicha Kanada bosh vazirining tavsiyasiga binoan tayinlaydi.
Aholisi. Kanada “ko’chirilgan kapitalizm” mamlakati hisoblanadi. Hozirda mamlakat aholisi soni 37,1 mln kishiga etgan. Kanadaning hozirgi aholisi ommaviy immigratsiya ta’sirida shakllangan. Bular asosan Yevropa davlatlari va dunyoning boshqa regionlaridan ko’chib kelganlar avlodi hisoblanadi. Kanada ko’p millatli mamlakat bo’lib, hozirgi vaqtda asosan 2 ta millat va 80 ga yaqin xalqlar yashaydi. Kanadada jami aholining 40 foizini kanadalik inglizlar, 28 foizini kanadalik fransuzlar, 27 foizini esa boshqa millat vakillari tashkil etadi. Hozirgi vaqtda Kanada tub joy aholisi hindular 780 ming kishi, eskimoslar esa 49 ming kishini tashkil etadi. Mamlakatda hindular 58 tilda so’zlashsada, biroq ularning ko’pchiligi rasmiy davlat tili hisoblangan ingliz tilida so’zlashadi.
35-jadval. Kanadaning iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlari

Kanada aholisining 90 foizidan ortig’i AQSH chegarasi bo’ylab janubda to’plangan. Boshqa rivojlangan davlatlarda bo’lgani singari Kanadada ham demografik qarish jarayoni kuzatilmoqda. Mamlakat aholisining o’rtacha yoshi deyarli 41 yosh bo’lib, o’rtacha umr ko’rish davomiyligi 81.1 yoshdan iborat. Hozirda 0-14 yoshdagi aholi jami aholining 17,6 foizi, 15-64 yoshdagi aholi 69 foizni, 65 va undan katta aholi esa 13.3 foizni tashkil etadi. Aholining yillik o’sish ko’rsatkichi har yili o’rtacha 1 foiz atrofida. Kanada - yuqori urbanizasiyalashgan mamlakat, aholining 82,5 foizi shaharlarda yashaydi. Toronta, Monreal, Vankuver kabi shaharlar mamlakatning millioner shaharlari hisoblanadi.
Iqtisodiyoti. Kanadaning iqtisodi yuqori rivojlangan mamlakatlardan biridir. Mamlakatning YaIM 1,7 mlrd dollardan iborat bo’lib, jahon YaIM ni 1.4 foizi mamlakat hissasiga tug’ri keladi. Mamlakatda ishsizlik 5-6 foiz atrofida. O’rtacha ish haqi deyarli 3700 dollar. Mamlakat jahondagi biznes yuritish imkoniyati bo’yicha (Doingbusiness) 22-o’rinda turadi. Mamlakat iqtisodiyotining tezlik bilan rivojlanishiga AQSH bilan bevosita qo’shnichiligidir. Kanada dunyoda nikel, rux, asbest, kaliy tuzlari va gazeta qog’ozlari ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi mamlakatlardan biridir. Mamlakatda qazib olinayotgan neft va gaz asosan AQSHga eksport qilinadi. Biroq Kanadaning sharqiy provinsiyalari neftni chetdan import qiladi. Kanada rivojlangan neftni qayta ishlash sanoatiga egadir.
36-jadval. Kanadaning asosiy savdo hamkorlari

Manba: https://wits.worldbank.org ma’lumotlari asosida muallif
tomonidan tuzilgan
Rangli metallurgiya mazkur sanoat tarmog’ining rivojlanishida AQSH va Buyuk Britaniya kabi davlatlarning sarmoyalari muhim rol o’ynaydi. So’nggi yillarda mamlakatda rangli metallar ishlab chiqarishda (mis, qo’rg’oshin, nikel, rux) katta yutuqlarga erishildi. Mamlakatda tez sur’atlar bilan o’sib borayotgan mashinasozlik tarmoqlari ichida transport (avtomobilsozlik, kemasozlik, temir yo’llarining harakatlanuvchi tarkiblari) va qishloq xo’jalik mashinasozligi alohida ajralib turadi. Mamlakatda energetika hamda tog’-kon va o’rmon sanoati uchun asbob uskunalar ishlab chiqarishi ham rivojlantirilgan. Kanada dunyoda donli ekinlar Yalpi hosili bo’yicha beshinchi o’rinda turadi. Bug’doy yetishtirish, ayniqsa uni eksport qilish bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi.
Ko’lbo’yi rayonlarida chorvachilikning sut va go’sht yetishtirish yo’nalishi, cho’chqachilik, parrandachilik va dehqonchilikning sabzavotchilik tarqalgan. Mamlakatdagi eng kichik va aholisi zich, qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan Shag’zoda Eduard oroli provinsiyasi o’zining dunyoda eng yirik kartoshkalari bilan mashhur, bu yerda yetishtirilgan sifatli kartoshka urug’lari dunyoning ko’plab mamlakatlariga eksport qilinadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Kanadaning yirik tashqi savdo sherigi AQSH hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakat yirik savdo hamkorlari Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya, Meksika, Janubiy Koreya, Hindiston, Rossiya, Braziliya, Avstraliya, Tayvan, Saudiya Arabistoni davlatlari hisoblanadi. Yevropa ittifoqi davlatlaridan esa Germaniya, Fransiya, Italiya Kandaning tashqi sadosida muhim rol щэynaydi.
Qurolli kuchlar tizimi. Kanada NATO tashkilotining to’liq a’zosi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mamlakat qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilari soni 88 ming kishi iborat. Hozirgi kunda har yili o’rtacha qurolli kuchlar uchun 20 mlrd dollar mablag’ sarflaydi. Dunyoning eng qudratli armiyalari reytingida kuchli 14-o’rinni egallagan. Qurolli kuchlar uchun mamlakat har yili o’rtacha YaIM ni 1,3 foizini ajratadi. Jahondagi barcha harbiy xarajatlarni 1,2 foizi Kanada hissasiga to'g’ri keladi.