Jahon mamlakatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakliga ko’ra guruhlarga ajratish
Reja:
1. Mamlakatlarning davlat tuzumi haqida umumiy tushuncha
2. Davlat tuzilishi unitar shaklda bo’lgan davlatlar
3. Davlat tuzilishi federativ shaklda bo’lgan davlatlar
4. Davlatlarning boshqaruv shakli va uning turlari
5. Monarxiya tuzumida davlatlar va ularning boshqaruv shakli
6. Respublika boshqaruvi o’rnatilgan davlatlar
Davlat tuzumi – konstitutsiyaviy huquq (davlat huquqi) normalari bilan belgilanadigan va mustahkamlab qo’yiladigan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy–huquqiy munosabatlar tizimi. Ya’ni jamiyatga davlatning ta’siri konstitutsiyaga va huquqning boshqa qonuniy manbalariga zid bo’lgan nohuquqiy shaklda namoyon bo’lsa, u davlat tuzumi konstitutsiyaviy tuzumdan farq qilishi mumkin. Qoidaga ko’ra, davlat tuzumi haqida normalar konstitutsiyalarning shu nomdagi bo’limlarida berilgan. Braziliyada shunday davlat tuzumi “davlatni tashkil etish”, O’zbekistonda “davlat hokimiyatini tashkil etish” deb yuritiladi.
Har qanday mamlakatning ma’muriy-hududiy tizimi davlat tuzulishining ajralmas xususiyati hisoblanadi (yoki davlat tuzulishi shakli). Mazkur belgiga binoan jahonda juda ko’p mamlakatlar unitar davlatlardan tashkil topgan. Bunday davlatlarda boshqaruv markazlashgan holda amalga oshiraladi.
Unitar – lotincha - “unitas” so’zidan olingan bo’lib, birlik, yagona degan ma’noni anglatadi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat mavjud ma’muriy-hududiy tuzum shaklga ega mamlakatdir.
Unitar davlat – davlatning hududiy tashkillanishining ikki shaklidan biridir. Davlat, agar bu davlatning ko’p qismi davlat tuzilmasi maqomiga ega bo’lmasa unitar (oddiy) hisoblanadi. Unitar davlat tarkibida alohida avtonom milliy davlat, shu jumladan, o’z davlatchilik belgilariga ega tuzilma bo’lish mumkin. Unitar davlat faqat yagona konstitutsiya, bir fuqorolik, yuqori davlat hokimiyati organlarining yagona tizimi mavjud bo’ladi. Unitar davlatning tarkibiy qismlari aksariyat hollarda ma’muriy-hududiy bo’linma maqomiga ega: ular markaziy organ tomonidan qabul qilingan qonunlar asosida boshqariladi. Ularning hududi oddiy umumdavlat qonuni asosida, mahalliy organlar va mahalliy aholining roziligisiz o’zgartirilishi mumkin.
Davlat tuzilishining birmuncha yosh shakli – bu federatsiya yoki federativ davlatlardir. Federativ –lotincha “foederatio” so’zidan olingan bo’lib, ittifoq, birlashma degan ma’nolarni anglatadi. Federal qonunlar va hokimiyat organlari bilan bir qatorda, o’zining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari mavjud ma’muriy - hududiy tuzum shakliga ega bo’lgan mamlakatlardir. U federatsiya sube’ktlari (shtat, provinsiya, respublika) va boshqalar dan tashkil topadi. Federativ davlatalarning soni XXI asr arafasida 28 ta, shu jumladan Yevropada 6 ta, Osiyoda 6 ta, Afrikada 6 ta, Amerikada 8 ta, Avstraliya va Okeaniyada 2 tadan iborat.
16-jadval. Jahonning federativ davlatlari

Federativ davlatalarni barpo etishda ularning tarixiy rivojlanganlik xususiyatlari (AQSH, GFR, BAA va boshqalar), hududining benihoya kattaligi (Kanada, Avstraliya, Braziliya) yoki hududining sochilib ketganligi (Mikroneziya Federativ shtatlari, Komor orollari respublikasi va boshqalar) yohud aholisining ko’p millatliligi (Hindiston, Nigeriya, JAR va boshqalar) va shunga o’xshash boshqa sabablar hisobga olingan.
Mamlakatlarining boshqaruv shakli. Boshqaruv shakli – davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi. Boshqaruv shakli oliy va mahalliy davlat organlarini tuzish usulini hamda ularning bir-biri va aholi bilan o’zaro munosabatlari tartibini o’z ichiga oladi. Boshqaruv shakli hokimiyat bir shaxs tomonidan yoki saylab qo’yiladigan jamoaviy organ tomonidan amalga oshirilishiga qarab turlicha bo’ladi. Ba’zi mualliflar uni boshqaruv shakli desalar ba’zilari bunga davlat tuzilishini ham kiritadilar S.A Komarov esa boshqaruv shaklini davlat tuzilish shakli va siyosiy idora usuli birgalikda olingan siyosiy tashkilot sifatida tushunadi. Xullas bu borada aniq bir fikr yo’q. Lekin aksariyat olimlar Komarovning yuqoridagi fikriga qo’shiladilar. Xorijiy mamlakatlarda davlat shakli deganda: boshqaruv shakli, davlat tuzilishi,siyosiy rejim, davlat rejimi nazarda tutiladi.
Davlat shakli har qanday jamiyatning yashash tarzini belgilab beradi. Boshqaruv shakli – bu Konstitutsiyada o’rnatilgan tartibda davlat boshlig’ining belgilanishi va Oliy qonunchilik hamda ijroiya hokimiyat organlari munosabatlarining tashkil etish usullari. Hozirgi davrda ikki xil davlat boshqaruv shakllari mavjud: respublika va monarxiya. Ular davlat boshlig’ining maqomi bilan bir-biridan farq qiladi.
Monarxiya tuzumida davlat boshlig’i lavozimi nasldan-naslga o’tib, yuridik jihatdan javobgarlikka tortilishi mumkin bo’lmagan shaxs qo’lida davlat hokimiyatiga umrbod boshchilik qilishi belgilangan bo’ladi (Qirol, podsho, sulton, amir va boshqalar). Bu shuni anglatadiki, monarxiya tartibi hukmron bo’lgan davlatning boshlig’ini biron-bir qonuniy tarzda o’z lavozimidan olib tashlash yoki qonunga xilof xatti-harakatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas.
Respublika boshqaruvi o’rnatilgan davlatlarda, tartib bo’yicha mamlakatga prezident boshchilik qiladi (ayrim davlatlarda prezident funksiyasini kollegial organ amalga oshiradi). Prezident vakolati saylov yo’li bilan, uning natijasiga ko’ra belgilanadi. Monarxiya tushunchasi grekcha so’zdan olingan bo’lib, yakka hokimiyatchilik, yagona hokimiyat sohibi ma’nolarini beradi. Monarxiya tuzumi hukmron bo’lgan davlatda uning boshlig’i xudoning yerdagi vakili deb qaraladi. Masalan, Yaponiya imperatori 1945-yilga qadar quyosh xudosi Amaterasning o’g’li deb hisoblangan. Hozirgi zamonda podsholarning xudolar avlodidan kelib chiqqanligi hech kimni qiziqtirmaydi. Tarixiy manbalardan bizga ma’lumki, feodal tuzum hukmron bo’lgan davrda katta yer egalari hokimiyatni egallashga harakat qilib kelishgan. Ayrimlari bu maqsadlariga erishib o’zlarini oliy hukmron deb e’lon qilganlar. Demak, hozirgi monarxiya tuzumi saqlanib qolgan davlatlarning hukmdorlari feodal tuzum davridan qolganlarning avlodlari hisoblanadi. Lekin ular oldingi davrdagidek davlat hokimiyatiga ega emaslar. Chunki monax ularning davlat hokimiyatiga bo’lgan huquqlarini oyoqosti qilayotgani yo’q va o’zi ham bunday huquqlarga to’liq ega bo’lmagan.
Mutlaq monarxiyada - siyosiy rejim avtoritar xususiyatga ega bo’lib, davlat rejimi esa cheklanmagan deb ataladi. Hozirgi davrda mutlaq monarxiya davlat boshqaruv shakli kam uchraydi. Bunga misol sifatida Saudiya Arabistoni va Ummonni kabi davlatlarni keltirish mumkin. Bu davlatlarda monarx – eng oliy din peshvolari hisoblanadi. Shuningdek, monarxiya davlat shakli cheklangan boshqaruv usuliga ham bo’lmaydi. Cheklangan monarxiya dualistik va parlamentar davlat boshqaruv shakllarida qurilgan bo’ladi. Qonunchilik hokimiyati parlamentga tegishli bo’lib, uning tarkibi saylov huquqi orqali saylanadi va tayinlanadi (Monarx ma’lum qismini tayinlaydi). Ijroiya hokimiyat esa monarxga tegishli bo’lib, o’zi amalga oshiradi yoki hukumatni tayinlaydi. Sud hokimiyati ham monarx qo’lida bo’lib, u yoki bu darajada mustaqil bo’lishi mumkin.
Dualistik monarxiya. Bu mutloq monarxiyaning o’zgarishiga asos solgan birinchi zamonaviy davlat boshqaruv shakli bo’lib konstitutsiyaviy monarxiya deb ataladi. Dualistik monarxiyada o’z nomi bilan davlat hokimiyati shakliga bo’linadi, qonunchilik va ijro etuvchi. Qonunchilik hokimiyati parlamentga tegishli bo’lib, uning tarkibi saylov huquqi orqali tanlanadi va tayinlanadi ya’ni monarx ma’lum qismini tayinlaydi. Davlat rejimi esa chegaralangan dualistik hokimiyat tavsifida to’lishi mumkin. Shunday qilib monarxiya davlat shaklining dualistik boshqaruv usulidagi davlat hokimiyatining bo’linishi oldingidek, monarx va uning atrofidagi yaqin qarindoshlari qo’lida bo’ladi. Hozirgi vaqtda, Quvayt, Iordaniya, Marokash davlatlarida dualistik monarxiya boshqaruv shakli saqlanib qolgan.
Parlamentar monarxiya. Bunday boshqaruv shakli, odatda eng rivojlangan davlatlar hisoblanadi. XVII-XVIII asrlarda ayrim mamlakatlarning davlat boshqaruv shakli insoniyat tassavvurida bo’lmagan yangicha jamiyat qurilishi jarayonlari boshlangan davr bo’ldi. Agrar feodalizmdan, ilk kapitalistik tuzum davrida barcha davlatlarning boshqaruv shakli, tabiat, jamiyat qonuniyatlari talablariga mos ravishda o’zgardi. Buyuk Britaniya, Yaponiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Kanada, Avstraliya kabi davlatlarning boshqaruv shakli tubdan yangilandi. Albatta, bu jarayonda har bir davlat xalqlarining xohish irodasiga bog’liq. Parlamentar monarxiya davlat boshqaruv shaklini o’rganar ekanmiz, uning paydo bo’lish tarixi ma’lum bir rivojlanish bosqichlarini bosib o’tganligini ko’ramiz.
Respublika shakli. Respublika so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “respublica” res — ish va publicus — ijtimoiy, umumxalq) degan ma’nolarni anglatadi. Respublika shaklidagi davlatlarda barcha davlat hokimiyati organlari saylab qo’yiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega bo’ladilar. Miloddan avvalgi 5—4-asrlarda Sparta va miloddan avvalgi 2-asrda Rim davlati aristokratlar qismi manfaatlarini ifoda etgan. Oʻrta asrlarda Respublika boshqaruv shaklini qo’llagan Venetsiya va Genuya singari shahar davlatlar bor edi. Mazkur boshqaruv shaklining paydo bo’lishi hamma davlatlarda albatta ulug’ inqiloblar natijasidir. Fransiyada burjua inqilobi, Amerikada fuqarolar urushi natijasida ayrim davlatlarda hokimiyatni boshqa bir siyosiy kuchlar tomonidan egallab olinishi tufayli (Germaniya, Gretsiya, Chili, Jazoir) haqiqiy prezidentlik respublikasi o’rnatilgan edi.
Hozirgi vaqtda jahondagi 200 taga yaqin davlatdan 140 dan ortigʻi respublika hisoblanadi. Boshqaruvning respublika shakli quyidagi turlarga ajratiladi:
1) Prezidentlik respublikasi (AQSH, Meksika va boshqalar), bunda prezident umumxalq saylovida saylanib, bir vaqtning oʻzida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi hisoblanadi.
2) Parlamentar respublika (Italiya, GFR, Vengriya va boshqalar), bunda parlament toʻliq hokimiyatga ega boʻlib, uning oldida hukumat siyosiy javobgar hisoblanadi. Parlament prezidentni saylaydi. Bunda prezident faqat davlat boshligʻi boʻlib, ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi hisoblanmaydi.
3) Aralash tipdagi respublika (yarim prezidentlik; Fransiya, Portugaliya, Finlyandiya, Yevropadagi totalitar tuzumdan xolos boʻlgan yangi mamlakatlarning aksariyati), bunda prezidentlik respublikasi bilan parlamentar respublika xususiyatlari qoʻshilib ketadi. Yaʼni prezident umumxalq saylovlarida saylanib, yuridik va real keng vakolatlarga ega boʻladi. Biroq hukumat parlament tomonidan tashkil etiladi va u nafaqat prezident oldida, balki parlament oldida ham siyosiy javobgar boʻladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni bosh vazir boshqaradi. Prezident maʼlum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega.
17 – jadval. Osiyo davlatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakli

18–jadval. Yevropa davlatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakli

19 – jadval. Afrika davlatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakli

20 – jadval. Shimoliy Amerika davlatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakli

21– jadval. Janubiy Amerika davlatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakli

22– jadval. Avstraliya va Okeaniya davlatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakli