Glossariy
Avtokratiya – bir shaxsning cheklanmagan va nazoratsiz hokimiyatiga asoslangan boshqaruv shakli (qadimgi despotik davlatlar va imperiyalar, mutlaq monarxiyalar, fashistik, kommunistik va shu kabi mamlakatlardagi boshqaruv shakli) hisoblanadi.
Agressiya (tajovuzkorlik, bosqinchilik) – davlat tashqi siyosatini amalga oshirish shakllaridan biridir. Agressiya – bir davlatning ikkinchi davlat suvereniteti va hududiy butunligiga qarShi bevosita yoki bilvosita harbiy kuch qo’llanishidir. O’zini mudofaa qilayotgan davlatning harakatlari, shu jumladan hujum operatsiyalari agressiya hisoblanmaydi va xalqaro huquq normalariga muvofiq bo’ladi.
Amaliy geosiyosat – fransiyalik geograf va geosiyosatchi olim Iv Lakost tomonidan ilgari surilgan atama bo’lib, geosiyosiy vositadan foydalanish, asosiy tamoyillarni hisobga olmagan holda, mintaqaviy miqyosdagi mikromuammolarga muvofiq keladigan geosiyosiy fanlardan biridir.
Anklav – hududi boshqa davlat erlari bilan o’rab olingan davlatning hududi yoki hududining bir qismiga aytiladi. Anklavning bir qancha turlari bor. Anneksiya (qo’shib olish) – bir davlatning ikkinchi davlat hududining to’liq yoki bir qismini zo’ravonlik bilan qo’shib olinishi.
Antipod davlatlar – XX asrda antipod (bir-biriga zid) davlatlar: Sharqiy va G’arbiy Germaniya, Shimoliy va Janubiy Koreya, Xitoy va Tayvan kabi davlatlardir. Ularda ikki ijtimoiy-siyosiy sistema hududlarida jahon ijtimoiy-siyosiy tajribasi amalga oshirildi. Bu davlatlar kapitalizm va sotsializmning reklama “vitrinalari” bo’lib xizmat qildi. G’arb o’z “vitrinasi” ni turmush darajasiga ko’ra yanada jozibaliroq qilish uchun ko’p miqdorda moddiy mablag’ sarfladi. Hozirgi kunda ham jahon siyosiy xartitasida bunday davlatlar uchrab turadi.
Aralash (Yarim prezidentlik) respublikasi – ham prezidentlik ham parlamentlik respublikasiga xos xususiyatlar uyg’unlashgan holda, ayni paytda ularga umuman xos bo’lmagan yangi jihatlar mavjudligi bilan tavsiflanadigan boshqaruv shaklidir. Chunonchi, bu shakliga hukumat va prezident o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yuridik aloqaning yo’qligi bilan xarakterlidir.
Aerokratiya – yunoncha so’z bo’lib, “havo vositasidagi hukmronlik” degan tuShuncha kelib chiqadi. Asl mohiyati strategiyaning kuch komponenti bo’lib, strategik bosqinchilikni amalga oshirish maqsadida havo hududlarini egallashni ifoda etadi. Dengizchilikning rivojlantirilishidan farqli o’laroq aviatsiyaning rivojlantirilishi o’zida yangi unsurni keltirib chiqarmasdan, talassokratik tamoyilni kuchayishiga olib keldi xolos.
Barbarossa – Germaniyaning Sovet Ittifoqiga qaratilgan strategik hujum rejasidir. Mazkur reja Gitler tomonidan 1940-yil 18-dekabrda imzolangan 21-direktivaga asosan, Germaniya qurolli kuchlari Sovet Ittifoqini qisqa muddat ichida tor-mor keltirishi lozim edi. Rossiyaning Yevropa qismini bosib olish, Volga – Arxangelsk chizig’i bo’ylab Yevropa va Rossiyaning Osiyo qismi o’rtasida ishonchli to’siq yaratish bu rejaning pirovard maqsadi bo’lgan.
Berlin - O’rta Yevropaning tabiiy strategik poytaxti.
Boshqaruv shakli – oliy davlat hokimiyati va boshqaruvning yuqori organlarini tashkil etish va tuzishning muayyan tartibidan iborat.
Bufer davlat – geosiyosiy kuch markazlarining orasida joylashgan va ularni bir-biridan ajratgan bir yoki bir necha davlat. O’tmishda Afg’oniston Rossiya va Britaniya imperiyalari orasida bufer davlat rolini o’ynagan.
Buyuk Yettilik – Buyuk davlatlarni birlashtirgan xalqaro siyosiy tashkilot. Yettilikdagi AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kanada kiradi. Bu mamlakatlarning rahbarlari global strategik masalalarni muhokama etib olish uchun muntazam ravishda uchrashib turishadi.
G’arb – talassokratiya, atlantizmning sinonimi.
Genotsid – irqiy, milliy va diniy mansubligiga ko’ra aholining ayrim guruhlarini ommaviy tarzda yo’q qilish yoki ta’qib etishiga aytiladi.
Geografik determinizm – an’anaviy geosiyosatning sotsial darvinizm bilan bir qatorda turadigan asoslaridan biri. Bu nazariya, odatda, xalqaro munosabatlarda tabiiy-geografik omillarning rolini haddan tashqarii oshirib yuboradi.
Geografik omil – an’anaviy geosiyosatning asoslaridanbiri. Hozirgi dunyoning harbiy-siyosiy makonida geografikomilning roli ancha pasaydi. Bu omil endilikda yadro zarbasidan yoki transmilliy terrorchilikdan himoya qila olmaydi.
Geoiqtisodiyot – davlat va blokning o’z iqtisodiy qudratiga ishonib amalga oshiradigan geosiyosati. Tashqi siyosat maqsadlariga jahon miqyosida va mintaqaviy ustunlikka asosan iqtisodiy yo’l bilan erishish.
Geosiyosat – ko’p o’lchamli kommunikatsiya makonida turli-tuman davlatlar va davlatlararo birlashmalarning ta’sir doiralarini bo’lish va qayta bo’lib olish qonuniyatlari haqidagi fan. Nemis geografi va sotsilogi Karl Xausxoferning aytishicha, bu – “davlatning geografik aql-idrokidir”. Hozirgi geosiyosatga geoiqtisodiyot bilan yaqin deb qaraladi. Geografik va iqtisodiy determinizmni oradan ko’tarish maqsadida sivilizatsiya geosiyosati rivojlantira boshlandi.
Geosiyosatda iqtisodiy determinizm – xalqaro aloqalarni davlatning iqtisodiy kuchi nuqtai - nazaridan asoslanishi.
Geosiyosiy vaziyat – davlatlar va davlatlararo tashkilotlarning jahon kuch markazlariga (ta’sir doiralariga) munosabatdagi vaziyati. Bu vaziyat yerning ko’p o’lchamli kommunikatsiya makonida moddiy va g’ayrimoddiy (harbiy-siyosiy, iqtisodiy va texnologik) zahiralarining majmui bilan aniqlanadi.
Geosiyosiy vektor – davlat yoki blokning atrofdagi dunyoga kuch (harbiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy) ta’siri yo’nalishi, global, mintaqaviy va mahalliy darajada tashqi siyosat yuritishning geostrategik yo’nalishlari. Asosiy geosiyosiy vektorlar strategik hamkorlikda namoyon bo’ladi.
Geosiyosiy doktrina – konkret xalqaro vaziyatda davlatning tashqi siyosat kodeksi. Doktrina davlatning geosiyosiy kodi vageosiyosiy makonning ehtimol tutilgan o’zgarishi asosida shakllantiriladi.
Geosiyosiy dualizm – siyosiy geografiyaning asosiy tamoyili bo’lib, u quruqlik va suv o’rtasidagi raqobat tarixiy jarayonni xarakatga keltiruvchi omil ekanligini ifodalaydi.
Geosiyosiy kesim - tarixning aniq bir vaqtida, siyosiy jarayonlarning umumiy dinamikasini hisobga olmagan holda strategik poytaxt (strategik qutb) bilan chekka hududlar o’rtasida ro’y beradigan munosabatlar yig’indisini ifoda etuvchi tushuncha.
Geosiyosiy kuch – davlatlar yoki harbiy-siyosiy bloklarning harbiy, demografik, moddiy, hududiy va ma’naviy zahiralarining umumlashgan birligi. Geosiyosiy kuch, birinchi navbatda, mamlakatning harbiy kuchi va armiyasining soni, yadro va boshqa ommaviy qirg’in quroliga egaligi hamda ularning miqdori bilan o’lchanadi.
Geosiyosiy ekspansiya – davlat yoki blok (harbiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy) ta’sir doirasining kengaytirilishi.
Geostrategiya – geosiyosiy tahlilning harbiy jihati.
Davlat – o’z hokimiyatini mamlakatning butun hududi va aholisiga tarqatadigan, suverenitetga, maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo’lgan, hamma uchun majburiy qonun-qoidalar chiqaradigan, jamiyatda tartibot, tenglik, erkinlik, ijtimoiy adolat va xavfsizlikni ta’minlashga o’z faoliyatini qaratadigan jamiyatning yagona siyosiy tashkilotdir.
Davlat tuzilish shakli – davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyatlar o’zaro munosabatlarining muayyan tartibidan iborat.
Davlat shakli – davlatdagi siyosiy hokimiyatni tashkil etilishi bo’lib, u o’zida davlatning boshqaruv shaklini, davlat tuzilishi shaklini va siyosiy rejimni mujassamlashtiradi. Davlat shakli tushunchasi o’z ichiga oliy davlat hokimiyatini tashkil etishni, oliy davlat hokimiyati manbalarini, hamda oliy davlat organlarining o’zaro va aholi bilan munosabati prinsiplarini; davlat hokimiyatining hududiy tashkil etilishini, yaxlit tuzilma sifatidagi davlatning o’z tarkibiy qismlari bilan o’zaro aloqasini, davlat hokimiyatini amalga oshirishning usul va uslublarini oladi.
Davlatlarning huquqiy vorisligi - bir davlatga tegishli huquq va majburiyatlarning boshqasiga o’tishidir.
Davlatning hududiy elementi – muayyan makon bo’lib, uning doirasida ma’lum bir davlatning hokimiyati harakatda bo’ladi, bu makonni ushbu hokimiyat fuqarolarning hayotiy makoni sifatida himoya qiladi. Davlatning hududiy elementi uning substansiyaviy elementi bilan uzviy bog’liqdir. Davlatning hududiy elementi bu muayyan hudud bo’lib, unga nisbatan davlatni tashkil etgan tegishli etnos vatanga ega bo’lish huquqiga ega.
Delimitatsiya (latincha delimitatio – aniqlash) – davlatlar o’rtasidagi chegaralarning umumiy yo’nalishi (davlat chegaralari)ni muzokaralar yo’li bilan aniqlash. Odatda, demilitatsiya to’g’risidagi qaror davlat chegarasini aniqlash yoki o’zgartirish haqidagi sulh muzokaralari yoki maxsus kelishuvlarning tarkibiy qismi bo’ladi. Shartnoma tuzayotgan tomonlar delimitatsiya jarayonida chegara chiziqlarini (odatda, xaritada) aniqlab oladilar va bu hol bitimning alohida moddasida yoxud bitim ilovasida bayon etiladi. Bu dastlabki materiallar chegaralarni belgilashning keyingi bosqichi – ko’zda tutilgan chegaralarni joylarda o’tkazish (demarkatsiya) uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Demarkatsiya (inglizcha demarcation – ajratish) – ko’zda tutilgan joylarda maxsus belgilar va alomatlar bilan davlat chegarasini tortish. Demarkatsiya taraflarning tengligi asosida tuzilgan qo’shma komissiyalar tomonidan delimitatsiya hujjatlari (shartnoma, xalqaro shartnoma, xarita, hujjat tavsifi) ga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu vaqtda ko’zda tutilgan chegaraning topografiyasi chiziladi yoki aerofotosi olinadi va shu asosda chegara mintaqasining yirik masshtabli topografik xaritasi tuziladi, chegara belgilari qo’yiladi va uning koordinatlari aniqlanadi.
Demosiyosat – shved olimi Rudoolf Chellen tomonidan ilgari surilgan atama. Davlatning tuzilishiga demografik ko’rsatkichlarning ta’sirini ifoda etuvchi majmua bo’lib keng tarqalmagan.
Dengiz – talassokratiya va suv singari ma’nolarni ifoda etadi.
Despotiya rejimi – asosan mutlaq monarxiya davlatlari uchun xos bo’lib, u bir shaxs tomonidan amalga oshirilgan va aholini qo’rquvda ushlab turishga asoslangan.
Diskontinual belbog’ – amerikalik geograf olim Koen Saul tomonidan ilgari surilgan atama. Tellurokratik qit’aga ham, talassokratik dengiz tarafga oqib ketishi mumkin bo’lgan, o’zgaruvchan va noaniq yo’nalishga ega qirqib tashlangan qirg’oqhududlari.
Dualistik monarxiya – ijro hokimiyati monarx qo’lida to’plangan bo’ladi, u hukumatni Shakllantiradi, vazirlarni tayinlaydi, almashtiradi, parlamentni tarqatib yuborish huquqidan keng foydalanadi.
Dunyoviy orol – ingliz geografi va giyosiyosatchisi Xelford Jon Makkinder tomonidan ilgari surilgan atama bo’lib, Makinder Yevroosiyo va tarixning geografik uqini shu nom bilan atagan. Spaykmenda esa mazkur tushuncha o’zining ma’nosini butunlay o’zgartirib yubordi va talassokratik zonalar (tashqi yarim oy zonalari) majmuasini ifoda etadigan bo’ldi. Atamaning bunday har xil ma’no kasb etishi undan foydalanilmaslik ma’qul ekanligini namoyon etmokda.
Do’st – nemis faylasufi va yuristi Karla Shmitt ilgari surgan atama. Strategik poytaxt egallagan pozisiyaga mos keluvchi tashqi davlat, ijtimoiy, etnik va diniy tuzilmalarning majmuasini ifodalovchi tushuncha. Hech qanday ma’naviy-axloqiy yukni ifodalamaydi va boshqa tusdagi turli tuzilmalarga ham osonlik bilan kuchirilishi mumkin.
Yer (quruqlik) – geosiyosatda “tellurokratiya” ni ifoda etuvchi maxsus atama.
Jamiyat - jamoalarning bo’linishi natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy birlik. Jamoadan farqli ularoq odatda alohida a’zolardan (individlardan) iborat.
Jamoa - organik aloqalar bilan boglangan odamlarning tabiiy birligi shakli. U organik alokalar o’rniga individlar o’rtasidagi rasmiylashtirilgan shartnoma me’yorlari bilan boshqariladigan jamiyatga zid tushuncha. Jamiyat urf-odat, an’analar bilan boshqariladi.
Ideokratiya – hoyalar xukmronligi degani. Rus Yevroosiyochilari (Nikolay Trubetskoy, Petr Savitskiy) atamasi bo’lib, u “materiya xukmronligi”, “bozor tizimi”, “savdo tuzumi” ga qarshi quyiladi. Ideokratiyada ijtimoiy Erarxiya va mehnatni rag’batlantirish noiqtisodiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchi dunyo – “Sovuq urush” davrida sosialistik lagerni ifodalagan tushuncha bo’lib, bu urush tugagandan keyin “Yevroosiyo” ni ifodalaydi.
Imperiya – diniy, axloqiy yoki mafkuraviy xarakterdagi universal g’oya ostida bir necha davlat yoki xalqlarni birlashtiruvchi umumdavlat tuzilmasi.
Integrasiya – siyosiy geografiyada bir nechta hududiy bulaklarni birlashishni ifoda etuvchi kupqirrali shakl. Integrasiya harbiy bosqinchilik yo’li bilan ham, tinch yo’l bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Geosiyosiy integrasiyaning bir qancha – iqtisodiy, siyosiy, madaniy, til, strategik, diniy va xakozo yo’llari mavjud. Ularning barchasi yagona mazmundagi yakuniy natijaga – blokning strategik jihatdan yuksalishiga va hududiy jixatdan kengayishiga olib keladi.
Integratsiya – geosiyosatda bir nechta hududiy bo’laklarni birlashishni ifoda etuvchi integratsiyalar o’qining poydevori hisoblanadi.
Ichki dengiz – tellurokratik quruqlik hududining ichki qismida joylashgan va Shunday o’rnashuv tufayli strategik yoki madaniy chegara bo’lib hisoblanmaydigan suv hududlarini ifodalovchi atama.
Ichki okean – ichki dengiz singari, ammo sayyoraviy miqyosda ichki suv hududini anglatuvchi “Oralik okean” kabi atama.
Ichki o’q – yagona strategik (yoki siyosiy) maydon ichida markazning chekka hududlar bilan ichki geosiyosiy aloqasini ifodalovchi xususiyati. Geosiyosiy nur va geosiyosiy parcha singari tushunchalar ham ana shu mazmunni ifodalaydi.
Ichki yarim oy (yoki qit’aviy yarim oy yoki rimlend) – ingliz georafi Jon Makinder tomonidan ilgari surilgan atama bo’lib, “tashqi yarim oy” va “o’q hudud” orasida joylashgan Yevroosiyoning qirg’oq hududlarini ifodalaydi.
Katta maydon – nemis faylasufi Karla Shmitt tomonidan ilgari surilgan atama bo’lib, bir necha davlatni birlashtirgan holda ulkan strategik tuzilma barpo etishni nazarda tutadi. Katta maydonlarning paydo bo’lishi “hududiy progressiya” nazariyasiga ko’ra amalga oshib boradi.
Koloniya - qudratga buysunuvchi, suv bilan o’ralgan hudud. Metropoliyaning umumiy geosiyosiy hududidan tashqariida qolgan vaqtinchalik tashqi baza hisoblanadi.
Kontinent (yoki kit’a) – Yevroosiyo, quruqlik, tellurokratik tamoyil.
Konfederatsiya (lotincha “konfederatsio” hamjamiyat) – suveren davlatlarning qtisodiy, siyosiy va harbiy vazifalarni birgalikda hal qilish uchun tuzilgan ittifoqidir. Konfederatsiyani tuzgan davlatlar suveren, xalqaro munosabatlar sub’ekti bo’lib qolaveradi, o’z fuqaroligini, hokimiyat organlari va boshqaruv tizimlarini, sudlov tizimini saqlab qoladi. Umumiy masala yoki muammo hal etilgach, bunday ittifoq tarqalib ketishi mumkin. Oddiyroq qilib aytganda, bu davlatlar ittifoqining shakli bo’lib, ittifoqga kiruvchi davlatlar o’z suverenitetini to’liq saqlab qoladi. Konfederatsiya o’zida xalqaro-huquqiy hamda davlat tashkiloti xususiyatlarini mujassamlashtiradi.
Konflikt (ziddiyat) – qarama-qarshi manfaatlar va maqsadlarning to’qnashuvi. Klassik geosiyosatda konflikt xalqaro munosabatlarning markaziga qo’yiladi. Harbiy-siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa konfliktlar farqlanadi.
Milliy - davlat – yaqqol markazchilikka asoslangan sovet davlati. Davlat shakllari etnos va uning madaniyatini yuzaga keltiruvchi siyosiy tuzilma. Etnik tuzilma va imperiyadan farq qiladi.
Milliy-madaniy avtonomiya – alohida etnik guruhlarning maxsus maqomi tushunilib, u ko’p millatli davlatda uchraydigan milliy masalalarni hal etishning huquqiy shakli hisoblanadi.
Milliy-hududiy avtonomiya – alohida etnik guruhning o’ziga xos milliy davlati Shaklida bo’lib, u o’z Konstitutsiyasi, qonunchiligi, hukumati, oliy sud organi, fuqaroligiga ega bo’lishadi.
Mintaqaviy davlatlar – xalqaro siyosatning, odatda, qo’shni davlatlarga ta’sir o’tkazadigan va submintaqa darajasida geosiyosiy strategiya yuritadigan sub’ektlari.
Oraliq okean — kelib chiqishiga ko’ra golland bo’lgan amerikalim olim Jon Spaykmen tomonidan ilgari surilgan atama bo’lib, Shimoliy Amerika va Yevropa yagona geosiyosiy makon hisoblanadi va ana shu yagona makonning o’rtasidagi suv, ya’ni Atlan¬tika okeani “Oraliq okean” hisoblanadi. Oraliq okean - Spaykmen tomonidan ilgari surilgan orollar va qit’aning ayrim (asosan qirg’oq hududlardan iborat) qismlari strategik ostidagi zona deb qaraladi.
Parlament respublika - qat’iy belgilangan muddatga oliy vakillik qonun chiqaruvchi organ saylanadi. Parlamentga oliy davlat hokimiyati mansub bo’ladi va faqat oliy qonun chiqaruvchi organ bo’libgina qolmasdan, o’z hokimiyatining vakillik xarakteriga asoslangan holda ijro hokimiyati organlarini tuzadi, ya’ni prezidentni saylaydi, hukumatni shakllantiradi.
Parlamentar monarxiya - unda qirol davlat boshlig’i monarx vazifasini bajarsada, mamlakatni to’la ma’noda boshqara olmaydi.
Partizan – Karl Shmit tomonidan ilgari surilgan atama bo’lib, u geosiyosiy kuch ustidan g’alaba qiluvchi quruqlik unsurining ramziy himoyachisi hisoblanadi.
Passionarlik – rus olimi Lev Gumilev tomonidan ilgari surilgan atama bo’lib, etnik guruhning ichki quvvati, madaniy, siyosiy va geosiyosiy yaratuvchilik faoliyatining xarakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralgan.
Periferiya (markazdan chetdagi, uzoqdagi joylar) - strategik poytaxtdan, geosiyosiy nuqtai-nazardan asosiy qarorlarni qabul qiluvchi shaxsdan uzoqda joylashgan, o’zining mustaqil geosiyosiy yo’nalishiga ega bo’lmagan makon va yerni ifodalovchi tushuncha.
Prezidentlik respublikasi – bunda aholi faqat oliy vakillik qonun chiqaruvchi organinigina saylab qolmay, balki davlat boshlig’i prezidentni ham saylaydi va u ayni paytda ijro xokimiyatining ham boshlig’i hisoblanadi. Bunday respublikalarda Prezident parlament respublikasiga qaraganda kengroq huquqqa, mustaqillikka ega bo’ladi.
Provinsiya - asosiy geosiyosiy tuzulma tarkibiga kiruvchi va tabiiy butunlikning ajralmas qismi hisoblanuvchi chekka hududlar. Provinsiya o’z navbatida koloniya atmasiga zid atama bo’lib hisoblanadi.
Suverenitet - ko’p ma’noli tushuncha. Uning bir necha jihatlari mavjud. Avvalambor, bu - xalq suvereniteti. So’ng bu - millatlarning o’z taqdirini o’zi hal qilish huquqi. Va nihoyat bu - davlat suverenitetidir.
Tarix intixosi – ingliz olimi Frensis Fukuyama tomonidan ilgari surilgan g’oya. Liberal - demokratik mafkura va talassokratiyaning butun sayyora miqyosida g’alabasini ifoda etadi.
Tarixning geografik o’qi – Britaniyalik geograf va geosiyosatchi olim Xelford Jon Makkinderning atamasi bo’lib, jahon geosiyosiy makonida markaziy o’rin tutadigan Yevroosiyoning qit’a ichi o’q maydonini bildiradi. Makinderning fikricha, o’rta o’qni egallash jahon hukmronligiga yo’l ochadi. Turli davrlarda sharqiy Yevropa va Sovet Ittifoqini Xartland deb atashgan.
Unitar (lotincha “unitas” bitta, yagona degan ma’nolarni bildiradi. Unda davlat oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo’lib, to’la siyosiy birligi bilan farqlanadi va vertikal bo’ysunish bo’yicha qurilgan davlat hokimiyatining yagona organlariga ega. Ayni paytda, unitar davlat tarkibida, agar u ko’p millatli bo’lsa, alohida ma’muriy hududiy bo’linmalar avtonomiya (mustaqil muxtoriyat) larni tashkil etish mumkin.
Xayotiy xudud – Germaniya geosiyosiy maktabining asoschisi, geograf va sotsiolog Karl Xausxofer tomonidan ilgari surilgan atama. Xalqning uz tarixiy va siyosiy intilishlarini ruyobga chiqarish uchun yetarli bo’lgan minimal xajmdagi hudud.
Xalqaro terrorchilik – Ijtimoiy jihatdan jahon miqyosida xavfli bo’lgan xatti-harakatlar majmui. Xalqaro terrorchilik begunoh kishilarning qoni behuda to’kilishiga sabab bo’ladi, davlatlar o’rtasidani siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa kommunikatsiyalarni buzadi. Terrorchilik jahon siyosatining sub’ektiga aylandi va xalqaro munosabatlarga real ta’sir ko’rsata boshladi.
Xalqaro-huquqiy tan olish - xalqaro huquqqa muvofiq davlatlar tomonidan Yangi davlatni yoki hukumatni, yohud rasmiy yoki norasmiy, to’liq yoki qisman, doimiy yoki vaqtinchalik munosabatlarni o’rnatish mumkin bo’ladigan boshqa davlat organini tan olishdir.
Hududiy mazmun – antropogeografiya asoschisi, geograf, etnolog, sotsiolog Fridrix Rа́tsel tomonidan ilgari surilgan atama bo’lib, ma’lum bir xususiyatga ega bo’lgan hududda mujassamlashgan tarixiy qismatlar tizimini anglatadi.
Hududiychilik - chekka hududlarning muxtoriyatiga moyillik, uning iqtisodiy, madaniy, siyosiy va strategik singari bir qancha shakllari mavjud xususiyatga ega bo’lgan hududda mujassamlashgan tarixiy qismatlar tizimini anglatadi.
Huquqiy davlat – davlatni uning o’zi qabul qilgan konstitutsion-huquqiy normalarga bo’ysundirishidir.
Chegara – siyosiy geografiyada ikki turdagi chiziq-chegara va belbog’-chegaralar ajratiladi. Chiziq-chegara dengiz chegarasini anglatsa, belbog’-chegara quruqlikdagi chegarani anglatadi. Sayyoraviy miqyosda xarakat qilishni o’z oldiga quygan geosiyosiy blok asosiy vazifasi o’ziga tegishli chiziq-chegarani maksimal darajada kengaytirgan holda ravibinikini imkon qadar toraytirishga xarakat qilishdan iborat.
Cheklangan monarxiya – monarx xokimiyati saylab qo’yiladigan organ parlament yoki maxsus huquqiy akt – Konstitutsiya bilan cheklangan baladi.
Ekspansiya – kuch markazlaridan viloyatlar tomonga harbiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy ilgarilash. Yevropadavlatlarining okean ortiga imperialistik tajovuzi. Hozirgivaqtdagi ekspansiyalarning bir turi “gumanitar intervensiya” (NATOning Kosovodagi operatsiyasi) dab ataladi.