O’zbekistonning Respublikasining siyosiy-hududiy tuzilishini o’rganish va baholash


Reja:
1. O’zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi
2. O’zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi
3. O’zbekiston va uning viloyatlarini ma’muriy-hududiy markazlari

Respublikaning geografik o’rni. O’zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan, maydoni 449,8 ming kv km. Bu jihatdan respublika jahon miqyosida 55-o’rinda turadi. Respublika chegarasi G’arbdan sharqqa 1425 km, Shimoldan janubga qadar 930 km. Davlat chegarasining umumiy uzunligi 6 221 kilometrni tashkil etadi. Respublika shimoli-sharqda Qozog’iston bilan 2203 km, sharqda va janubi-sharqda Qirg’iziston bilan 1099 km va janubi-sharqda – Tojikiston bilan 1161 km, G’arbda Turkmaniston 1621 km, Janubda esa Afg’oniston bilan 137 km masofada chegaradoshdir. chegaralarining umumiy uzunligi 6221 km. O’zbekistonning dengizga chiqish yo’li yo’q (Lixtenshteyn qatori, dunyo okeaniga chiqish uchun ikki davlatning hududini kesib o’tish zarur bo’lgan dunyodagi ikki mamlakatning biri hisoblanadi). Respublikaning hududi va chegaralari daxlsiz, davlat tomonidan qo’riqlanadi. O’zbekiston qadimda ham, hozir ham sharq va g’arb, shimol va janub orasidagi ko’p xalqlar va mamlakatlar orasidagi aloqalarni bir-biri bilan bog’lovchi mamlakatdir.
O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitga ega. Mamlakat hududi o’ziga xos pasttekislik va tog’ relefini o’z ichiga oladi. O’zbekiston hududining katta qismini pasttekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon pasttekisligidir. Mamlakat sharqi va shimoli-sharqida Tyan-Shan va Pomir tog’ (mamlakatning eng yuqori nuqtasi (4643m.) tizmalari joylashgan. O’zbekiston hududi markazida dunyoning bepoyon cho’llaridan biri - Qizilqum yastanib yotadi.
O’zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi. O’zbekiston Respublikasi o’zining ma’muriy hududiy milliy davlat hududiga ega bo’lib, ma’muriy-hududiy tuzilishini o’zi mustaqil belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-69 moddalarida respublikaning ma’muriy – hududiy birliklari haqidaddir.


Mazkur moddalarda O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shahar va shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat bo’lib, ularning chegaralarini o’zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning roziligi bilan amalga oshiriladi, deb belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta ma’muriy viloyat kiradi. Uning poytaxt Toshkent shahridir. 44-jadvalda O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi aniq va yaqqol ko’rsatilgan.
Andijon viloyati – 1941-yil 6 - martda tashkil topgan. Uning umumiy maydoni 4,2 kv. km ni tashkil etadi. Andijon viloyati tarkibida 14 ta qishloq tumani (Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bo’z, Jalolquduq, Izboskan, Marhamat Oltinko’l, Ulug’nor, Xo’jaobod, Shahrixon, Qo’rg’ontepa) va 11 ta Shahar (Andijon, Asaka, Marhamat, Ohunboboyev Poytug’, Xonobod, Xo’jaobod, Shahrixon, Qorasuv, Qo’rg’ontepa) mavjud. Shundan 3 ta shahar viloyatga va 8 ta shahar tumanlarga bo’ysunuvchi shaharlardir. Bundan tashqarii 79 ta shaharcha, 95 ta qishloq fuqarolar yig’inlari, 536 ta aholi yashash punktlari mavjud. Viloyatning markazi Andijon shahri hisoblanadi.
Buxoro viloyati – 1938-yil 15-aprelda tashkil etilgan. Viloyatning umumiy mavdoni 40,3 ming kvadrat kilometrni tashkil etib, respublika viloyatlar ichida, chegarasining kattaligi bo’yicha Navoiy viloyatidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Buxoro viloyati tarkibida 11 ta qishloq tumani (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qoravulbozor, Qorako’l, G’ijduvon) va 11 ta Shahar (Buxoro, Kogon, G’ijduvon, Galaosiyo, Vobkent, Olot, Gazli, Romitan, Shofirkon, Qorako’l, Qorovulbozor kabi shaharlar bor. Shuningdek, viloyatda 79 ta shaharcha, 540 ta mahalla fuqorolar yig’ini va 1469 ta qishloq aholi putktlari bor. Viloyatning markazi Buxoro shahridir.
Jizzax viloyati - 1973- yil 29- dekabrda tashkil topgan. Viloyatning umumiy maydoni 21,2 ming kvadrat kilometr bo’lib, respublika umumiy maydonining 4,7 foizini tashkil etadi. Viloyat tarkibida 12 ta qishloq tumanlari (Arnasoy, Baxmal, Do’stlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho’l, Paxtakor, Forish, Yangiobod, G’allaorol va 7 ta shahar Dashtobod, Do’stlik, Jizzax, Marjonbuloq, Gagarin, Paxtakor, G’allaorol, 42 ta shaharcha, 76 ta qishloq fuqorolari yig’inlari va 519 ta qishloq aholi punktlaridan iborat. Viloyat markazi Jizzax shahridir.
Navoiy viloyati – 1982- yil 20- aprelda tashkil etilgan, 1988-yil 6- sentabrda yana tugatilib, 1992-yil 28-iyunda qayta tiklandi. Navoiy viloyati mamlakatimizda hududiy jihatdan eng katta viloyat bo’lib, Qoraqalpog’istondan keyingi ikkinchi o’rinni egallaydi. Uning umumiy hududi 110,99 ming kv. kmni tashkil etadi. Navoiy viloyati tarkibida 8 ta qishloq tumani mavjud bo’lib, ular - Xatirchi, Qiziltepa, Karmana, Navbahor, Nurota, Konimex, Uchquduq, Tomdi tumanlari hisoblanadi. Ulardan tashqarii viloyatda 6 shahar Zarafshon, Navoiy, Nurota, Uchquduq, Karmana, Qiziltepa shundan 2 ta yirik shahar - Navoiy, Zarafshon, 47 ta shaharcha, 54 ta qishloq fuqarolari yig’inlari, 585 ta qishloq aholi punktlari mavjud. Viloyat markazi Navoiy shahridir.
Namangan viloyati – 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. 1960-yil 25- yanvarda tugatilib, 1967-yil 18-dekabrda qayta tiklangan. Viloyatning umumiy maydoni 7,4 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. Viloyat tarkibida 11 ta qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, To’raqo’rg’on, Uychi, Uchqurg’on, Chortoq, Chust, Yangiqo’rg’on), 8 ta shahar (Kosonsoy, Namangan, Pop, To’raqo’rg’on, Uchqo’rg’on, Chortoq, Chust, Haqqulobod), 115 ta shaharcha, 39 ta qishloq aholi punktlari mavjud mavjud. Viloyat markazi Namangan shahridir.
Samarqand viloyati -1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Viloyatning umumiy maydoni 16,8 ming kvadrat kilometrdan iborat. Viloyat hududida 14 ta qishloq tumani (Bulung’ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo’rg’on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg’om, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut, Qo’shrabot) va 11 ta shahar (Samarqand, Kattaqo’rg’on, Bulung’ur, Jomboy, Juma, Ishtixon, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Chelak) hamda 88 ta shaharcha, 125 ta qishloq fuqarolari yig’inlari, 1122 ta mahalla fuqarolari yig’inlari va 1829 ta qishloq aholi punktlari mavjud. Viloyat markazi Samarqand shahri.
Sirdaryo viloyati -1963 yil 16 fevralda tashkil etilgan. Umumiy maydoni 4,3 ming kvadrat kilometr. Viloyat tarkibida 9 ta qishloq tumani (Boyovut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayhunobod, Sirdaryo, Xovos, Sharof Rashidov) va 5 ta shahar (Baxt, Guliston, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer) hamda 25 ta shaharcha, 11 ta qishloq fuqarolari yig’inlari va 257 ta qishloq aholi punktlari bor. Viloyat markazi Gulistoi shahri.
Surxondaryo viloyati -1941- yil 6-martda tashkil etilgan. Viloyatning umumiy maydoni 20,1 ming kvadrat metr. Viloyat hududida 13 ta qishloq tumani (Angor, Bandixon Boysun, Denov, Jarqo’rg’on, Muzrabod, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun, Sherobod, Sho’rchi, Qiziriq, Qumqo’rg’on) va 8 ta shahar (Termiz, Boysun, Denov, Jarqo’rg’on, Sharg’un, Sherobod, Sho’rchi, Qumqo’rg’on) va 114 ta shaharcha, 865 ta qishloq aholi punktlari mavjud. Viloyat markazi Termiz shahridir.
Toshkent viloyati –1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Viloyatning umumiy maydoni Toshkent shahri bilan birga hisoblaganda 15,6 ming kvadrat kilometr. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Bekobod, Bo’ka, Bo’stonliq, Zangiota, Oqqo’rg’on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo’l, O’rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq) va 16 ta shahar (Angren, Bekobod, Bo’ka, Do’stobod, Keles, Olmaliq, Ohangaron, Oqqo’rg’on, Parkent, Piskent, To’ytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiobod, Yangiyo’l, G’azalkent) va 95 ta shaharcha, 878 ta qishloq aholi punktlari mavjud. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyul kungi “Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi №PQ-3142-son Qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkasining Toshkent viloyatining O’rta Chirchiq tumanidagi To’ytepa shahrini viloyat bo’ysunuvidagi shahar turkumiga kiritilib, viloyatning ma’muriy markazi etib belgilash, Ohangaron va Yangiyo’l shaharlarini viloyat bo’ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilib, Zangiota tumani hududi chegarasi doirasida Zangiota va Toshkent tumanlarini tashkil etish to’g’risidagi taklifi maqullandi.

52-jadval. O’zbekistonning ma’muriy-hududiy bo’linishi (2018 yil)

Farg’ona viloyati -1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Viloyatning umumiy maydoni 6,8 ming kvadrat kilometr. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Beshariq, Bag’dod, Buvayda, Dang’ara, Yozyovon, Oltiariq, Qo’shtepa, Rishton, So’x, Toshloq, Uchko’prik, Farg’ona, Furqat, O’zbekiston, Quva) va 9 ta shahar (Farg’ona, Qo’qon, Marg’ilon, Quvasoy, Quva, Beshariq, Rishton, Yaypan, Hamza) va 197 ta shaharcha, 1021 ta qishloq aholi punktlari mavjud. Viloyat markazi Farg’ona shahridir.
Xorazm viloyati – 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Xorazm viloyati O’zbekiston Respublikasining shimoli-g’arbida joylashgan. Yer maydoni 6,1 ming kv km ni tashkil etadi va O’zbekiston hududining 1,4 foizini egallaydi. Viloyat hududida 10 ta qishloq tumani (Bog’ot, Gurlan, Urganch, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Qo’shko’pir) va 3 ta shahar (Urganch, Hazorasp, Xiva) va 56 ta shaharcha hamda 548 ta qishloq aholi punktlari mavjud. Viloyat markazi Urganch shahridir.
Qashqadaryo viloyati -1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. 1927-yil 17- fevraldan 1938-yil 15-yanvargacha Qashqadaryo okrugi maqomida. 1938-yil 15- yanvarda Buxoro viloyatiga qo’shib yuborildi. 1943-yil 20-yanvarda qayta tashkil etildi. 1960-yil 25- yanvarda Surxondaryo viloyatiga qo’shildi. 1964- yil 7- fevraldan Yangidan tashkil etildi. Viloyatning umumiy maydoni 28,6 ming kvadrat kilometr. Viloyat hududida 13 ta qishloq tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog’, Qamashi, Qarshi, G’uzor) va 12 ta shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tolimarjon, Chiroqchi, Qamashi, G’uzor, Yakkabog’, Yangi Nishon, Shahrisabz) va 117 ta shaharcha, 1041 ta qishloq aholi punktlari mavjud. Viloyat markazi Qarshi Shahridir.
Toshkent shahri – shaharning umumiy maydoni 320 kvadrat kilometrni tashkil etadi.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining poytaxti – alohida ma’muriy-hududiy birlik bo’lib, mamlakatning ma’muriy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi poytaxti – Toshkent shahri tumanlarga bo’linadi. Shaharda 11 ta tuman (Bektemir, Mirobod, Mirzo Ulug’bek, Sergeli, Olmazor, Uchtepa, Shayxontohur, Yashnobod, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy) 2 ta shaharcha mavjud. O’zbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi deganda, Toshkent shahrining huquqiy holati, ramzlari va ma’muriy-hududiy tuzilishi hamda respublika va mahalliy boshqaruv xususiyatlari tushuniladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi - (sobiq Qoraqalpog’iston muxtor respublikasi) 1992- yil 9-yanvarda suveren respublika maqomini olgan. Uning umumiy maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrga teng. Qoraqalpog’iston Respublikasi tarkibiga 15 ta qishloq tumani (Amudaryo, Beruniy Bo’zatov, Kegayli, Mo’ynoq, Nukus, Taxtako’pir, To’rtko’l Xo’jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Qonliko’l, Qorao’zak, Qo’ng’irot) va 12 ta shahar (Nukus, Beruniy, Bo’ston, Mang’it Mo’ynoq, Taxiatosh, To’rtkul, Xalqobod, Chimboy, Shumanay, Xo’jayli, Qo’ng’irot), shuningdek 26 ta shaharcha, 141 ta qishloq fuqorolari va 1128 ta qishloq aholi putktlari kiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasining poytaxti Nukus shahridir.

Bosh sahifa - Mundarija