Dunyo siyosiy xaritasida og’riqli nuqtalar geografiyasi


Reja:
1. Og’riqli nuqtalar geografiyasi haqida umumiy tushuncha
2. Faol siyosiy hududlar va ularning turlarga ajratish
3. Jahon siyosiy xaritasidagi faol siyosiy hududlar

Hozirgi rivojlanish davrida birorta ham davlat jahon miqyosida ham, mintaqaviy nuqtai nazardan ham boshqa mamlakatlardan ajralgan holda taraqqiy eta olmasligini hozirgi davr voqeligi yaqqol ko’rsatib turibdi. Bunday o’ziga xos vaziyat hozirgi zamon insoniyat taraqqiyotiga xavf tug’dirayotgan mintaqaviy, hamda global ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzaga keltirmoqda. Ular qatoriga, eng avvalo xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm, ekologik va millatlararo munosabatlar, hududiy bahslar singari insoniyat xavfsizligiga tahdidlarni sanab o’tish mumkin. O’z-o’zidan tabiiy savol tug’iladi – xo’sh insoniyat xavfsizligi uchun turli ko’rinishdagi tahdidlar qachondan boshlab global darajada xavf bo’lib bormoqda.
Jahon sotsialistik tuzumi parchalanganidan so’ng bloklararo qarama-qarshiliklar o’rnini millatlararo, elatlararo, dinlararo kurashlar, hududlar bahslar kabi nizolar egalladi. Masalan ulardan biri biror diniy ta’limot tarafdorlarining boshqa diniy ta’limot tarafdorlariga nisbatan ayovsiz murosasizligi va hukmron bo’lishning yangi turlariga intilishlaridir.
Zamonaviy geosiyosiy jarayonlar va ularning salbiy natijalari insonlarni jiddiy o’ylashga chorlashi tayin. Chunki, milliy manfaatlar ijrosi uchun qilingan keskin siyosat yoki ishlab chiqilgan strategiyalar doim ham kutilgan natijalarni beravermaydi. Mazkur jarayon kuchayib borishining tashqi omillariga esa dunyoda terrorchilik harakatining keng yoyilishi, ba’zi davlatlar hududlarida “olovli nuqtalar” yoki boshqacha qilib aytganda faol siyosiy hududlarning mavjudligi, qurolli ixtiloflar, muholif kuchlarning siyosiy takabburligi, islomiy inqilobni chetga chiqarish g’oyasi va hududlar uchun turli darajagi bahsli tortishuvlar va boshqalarni kiritish mumkin.
So’nggi yillarda siyosiy nizolar qamrab olayotgan davlatlar soni ortib bormoqda. Jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkinki, MDH dalatlaridan Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Armaniston, Moldaviya, Qirg’iziston, Tojikiston kabi dalatlarda ayirmachilik, terrorizm, millatlararo ziddiyat va Hindiston va Pokiston o’rtasida esa hududiy bahslar kabi siyosiy muammolar bor.
51-jadval. Jahon siyosiy xaritasidagi faol siyosiy hududlar


Shuningdek Yevropaning Shimoliy Irlandiya, Fransiya, Kosova, Serbiya, Makedoniya, Ispaniyada, Afrika davlatlaridan Jazoir, Sudan, Nigeriya, Chad, Ruanda, Kongo, Efiopiya, Eritreya, Mozambik, Kot-d-Ivuar, Liberiya, KDR, Nigeriya, Marokko, Somali, G’arbiy Saxara, Angola davlatlarida, Osiyo davlatlaridan Turkiya, Iroq, Eron, Isroil, Falastin, Livan, Hindiston, Pokiston, Afg’oniston, Indoneziya, Shri-Lanka, Fillipin kabi davlatlarida, Lotin Amerikasida Ekvador, Peru, Kolumbiya, Boliviya davlatlarida, Venesuela, Okeaniyaning Solomon, Papua-Yangi Gvineya, Yangi Koledoniya kabi orollarida ayirmachilik, terrorizm, millatlararo ziddiyat, hududiy bahslar, ozodlik uchun kurash, narkomafiyalarga qarshi urush kabi omillar insoniyat uchun xavf bo’lib turibdi.
Bosh sahifa - Mundarija