Avstraliya va Okeaniya davlatlarining siyosiy xaritasini chizish va tahlil qilish


Reja
1. Avstraliya va Okeaniya davlatlarining siyosiy geografik tavsifi
2. Avstraliya va Okeaniya mamlakatlarini yozuvsiz kartaga tushirish
3. Avstraliya va Okeaniya mamlakatlari poytaxtlarini o’rganish va tahlil qilish
4. O’rganilayotgan davlatlarning geografik o’rniga tavsif berish

Avstraliya Ittifoqi Avstraliya materigining maydonini to’liq egallagan dunyodagi yagona mamlakatdir. Uning tarkibiga materikdan tashqari Tasmaniya va boshqa qator mayda orollar kiradi. Maydoni 7741 ming km.kv, shundan 7692,0 ming km.kv. maydonni materikning o’zi egallagan. Okeaniya bilan hisoblaganda ularning umumiy maydoni 8,51 mln km². Dunyoning quruqlik orqali o’tgan chegarasiga ega bo’lmagan mamlakatlaridan biri. Okeaniya davlatlarining asosiy xususiyati shundan iboratki, ularning aksariyati to’la mustaqil bo’lmagan yoki hanuzgacha mustamalaka mamlakatlardir. Materikda zamonaviy dengiz va havo transportining yuqori darajada rivojlanganligi mamlakatni jahonning barcha regionlari, davlatlar bilan doimiy aloqada bo’lib turishligini ta’minlaydi. Okeaniya Tinch okeanida joylashgan orollar to’plamidir. Okeaniya uch qism: Polineziya, Melaneziya va Mikroneziya kabi tarkibiy qismlardan iboratdir.
Melaneziya (Solomon, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya va boshqa orollar) Avstraliyaga juda yaqin joylashgan, Polineziya (Gavayi, Samoa, Tokelau va boshqa orollar) esa Avstraliyadan ancha olisda, Tinch okeanining janubiy va markaziy qismlarda joylashgan Mikroneziya (Karolina, Marshall, Mariana, Gilbert va boshqa orollar) Yangi Gvineya orolidan Shimolda, Filippin orollaridan, Sharq tomondagi akvatoiyada tarqalgan.
Aholisi. Avstraliya va Okeaniya (Gavayi orollarisiz)da 2018-yil ma’lumotlariga ko’ra 41,3 mln. kishidan iborat. Shu jumladan, Avstraliyada 25,5 mln. (2/3 qismi), Yangi Zelandiyada 4,8 mln, Papua-Yangi Gvineyada 6 mln., boshqa mayda orollarda 1 mln. aholi mavjud. So’nggi yillarda aholining soni juda past sur’atlar bilan ko’paymoqda. Aholi juda notekis taqsimlangan. Aholining o’rtacha zichligi 1 km.kv ga 3,3 kishidan iborat.


50-jadval. Avstraliya va Okeaniya davlatlari



Umuman olganda, aholi materikning chekka sohil qismlarida nisbatan zich, markaziy va g’arbiy hududlarida siyrak tarqalgan. Ba’zi bir hududlarda doimiy aholi umuman yo’q. Aholining o’rtacha yashash davri erkaklarda 79.4 yoshga, ayollarda 84.4 yoshga teng. Aholining milliy tarkibida avstraliyalik inglizlarning ulushi deyarli 90 foizga teng. Ulardan tashqari, mamlakatda amerikaliklar, fransuzlar, nemislar, afrikaliklar, hindlar va janubi-sharqiy Osiyo va boshqa xalqlardan iborat.
Okeaniya aholisining tarkibida mahalliy xalqlarning ulushi ancha yuqori. Jumladan, Yangi Zelandiyada mahalliy xalq - maorillarning jami aholi sonidagi ulushi 20 foizga teng. Bu ko’rsatkich Papua-Yangi Gvineyada 70-80 foizga, mayda orollarda esa 100 foizgacha boradi. Shahar aholisining ulushi Avstraliyada 89,3% ga, Yangi Zelandiyada 86,2% ga, Mikroneziyada 22,8% ga teng. Papua-Yangi Gvineyada ushbu ko’rsatkich 12,6% ni tashkil qiladi, xolos. Materikdagi barcha asosiy davlatlar soni 13 tani tashkil etadi. Avstraliya Ittifoqi va Yangi Zelandiya dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari qatoriga kiradi. Fiji, Marshall orollari va Mikroneziyada iqtisodiyot nisbatan rivojlangan, qolgan mamlakatlar va orollar qoloq xo’jalik tizimiga ega.
Bosh sahifa - Mundarija