Janubiy Amerika davlatlarining siyosiy xaritasini chizish va tahlil qilish


Reja
1. Janubiy Amerika davlatlarining siyosiy geografik tavsifi
2. Janubiy Amerika mamlakatlarini yozuvsiz kartaga tushirish
3. Janubiy Amerika mamlakatlari poytaxtlarini o’rganish va tahlil qilish
4. O’rganilayotgan davlatlarning geografik o’rniga tavsif berish

Janubiy Amerikaning katta qismi janubiy yarim sharda ekvatorial va subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Materikning qambar qismigina subtropik va o’rtacha kengliklarga kirib borgan. Shimoliy Amerika bilan bo’lgan geografik chegarasi Karib dengizidagi Daren qo’ltig’idan Tinch okeandagi Buenaventura qo’ltig’igacha davom etadi. Panama bo’yni shartli ravishda har ikki materik o’rtasidagi chegara deb qabul qilingan. Janubiy Amerika materigi atrofida orollar kam. Sohilga eng yaqin joylashgan yirik materik orollari Trinida, Chili, Olovli Yer va Folklend orollaridir. Janubiy Amerikaning maydoni unga qarashli orollar bilan birga 17850 ming km2. Shundan atigi 150 ming km2 qismi orollarga to’g’ri keladi.
Aholisi. Janubiy Amerikada aholi kam va juda notekis joylashgan. Materikning faqat chekka qismlarida, asosan Atlantika okeani sohillarida va And tog’larining ayrim rayonlarida aholi zich o’rnashgan. Janubiy Amerikaga Osiyodan mongoloidlar eramizdan taxminan 20-30 ming yil ilgari Shimoliy Amerika orqali kelib o’rnashgan, degan taxmin eng keng tarqalgan. Bugungi kunda Janubiy Amerikada 430,5 mln aholi yashaydi (2018), ularning tarkibi juda murakkab. XVII asrda dastlab ispanlar bilan portugallar, keyinchalik esa Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlaridan kelib o’rnashgan.
Hozirgi paytda Janubiy Amerikada insoniyatning har uchala irqi vakillari yashaydi. Yevropaliklar bilan indeslarning chatishishidan hosil bo’lgan avlodlar metislar, Yevropaliklar bilan negrlar nikohi avlodlari mulatlar deyiladi. Indeslar bilan negrlar chatishmasi sambo deb ataladi.
Aholining ko’pchiligi ispan tilida, braziliyaliklar portugal tilida so’zlashadilar. Hozirgi vaqtda eng yosh region hisoblanadi. Sababi materikning 45 foizdan ko’proq aholisi 15 yoshdan kichik. 60 yosh va undan kattalar esa 7 foizga yaqin hisoblanadi. Hozirgi vaqtda har yili kamida 10 mln aholi qishloq joylaridan shahar joylariga ko’chib bormoqda. Ko’chib borayotgan aholining asosiy qismi yoshlar va ayollardan iborat. Balkim shuning uchundir shahar aholisining jinsiy tarkibida ayollarning ulushi yuqoriroq. Materikda jami aholining deyarli 50 foizi birgina Braziliyaga to’g’ri keladi. Undan keyingi o’rinda Kolumbiya bo’lib jami aholining deyarli 11 foizi uning hissasiga to’g’ri keladi. Aholining qolgan qismi esa materikning boshqa davlatlariga to’g’ri keladi.
49-jadval. Janubiy Amerika davlatlari


Bosh sahifa - Mundarija