Shimoliy Amerika davlatlarining siyosiy xaritasini chizish va tahlil qilish


Reja
1. Shimoliy Amerika davlatlarining siyosiy geografik tavsifi
2. Shimoliy Amerika mamlakatlarini yozuvsiz kartaga tushirish
3. Shimoliy Amerika mamlakatlari poytaxtlarini o’rganish va tahlil qilish
4. O’rganilayotgan davlatlarning geografik o’rniga tavsif berish

Shimoliy Amerikaning umumiy maydoni 24,3 mln km.kv bo’lib, bu butun quruqlikning 14 foizi demakdir. Aholisining soni (2017) 582 mln. kishi. Materikdagi barcha davlatlar soni 31 taga teng. Mamlakatlarning aksariyat qismi respublikalardan iborat. Federativ respubukalarga AQSH va Meksika kiradi. Kanada–Hamdo’stlik tarkibidagi mustaqil federativ davlat, Beliz Hamdo’stlik tarkibidagi davlatdir. Mamlakatlarning geografik o’rni juda qulay, ularning ba’zilari (AQSH, Kanada Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama) ikki, hatto uch okean akvatoriyasiga chiqish yo’liga ega. Tabiiy resurslarga juda boy. Bu o’rinda, ayniqsa, AQSH, Kanada va Meksika keskin ajralib turadi. AQSH va Kanada tabiiy resurslaming hilma-xil turlari va ulkan zahiralariga ega.
Aholisining asosiy qismi AQSH, Meksika va Kanadaga to’g’ri keladi. Qolgan mamlakatlarda 0,3 mln. kishidan 14 mln. kishigacha aholi yashaydi. Aholi, asosan, tabiiy ko’payish va qisman migratsiya (AQSH, Kanada) hisobiga o’smoqda. Aholi notekis joylashgan. Uning asosiy qismi materikning g’arbiy va sharqiy sohillarida, dehqonchilik uchun qulay bo’lgan tekislik va tog’oldi mintaqalarida istiqomat qiladi. Shahar aholisining ulushi AQSH va Kanadada 80 foizgacha boradi, qolgan mamlakatlarda ancha past darajaga ega.

48-jadval. Shimoliy Amerika davlatlari



Bosh sahifa - Mundarija