Afrika davlatlarining siyosiy xaritasini chizish va tahlil qilish


Reja:
1. Afrika davlatlariningsiyosiy geografik tavsifi
2. Afrika mamlakatlarini yozuvsiz kartaga tushirish
3. Afrika mamlakatlari poytaxtlarini o’rganish va tahlil qilish
4. O’rganilayotgan davlatlarning geografik o’rniga tavsif berish

Afrikaga siyosiy geografik tavsif. Afrika maydoning kattaligi bo’yicha Yevrosiyodan keyingi yirik materik. Materik maydoni 29,2 mln. kv.km, unga tegishli orollar bilan esa 30,3 mln. kv.km, bu er quruqlik yuzasining 1/5 qismi demakdir. Orollaridan Madagaskar eng yirigi hisoblanadi. Hind okeanida joylashgan Sokotra, Zanzibar, Pemba, Mariya, Komor, Amirant, Seyshel, Maskaren (Mavrikiy, Reyunon va b.) va Atlantika okeanida joylashgan Madeyra, Kanar, Kabro-Verde, Bioko, San-Tome, Prinsipi, Vozneseniya, Avliyo Yelena, Tristan-da-Kunya orollari ham Afrikaga qaraydi. Hozirgi vaqtda Afrikada jami 58 mamlakat mavjud. Respublikalarning soni 52 ta (46-jadval), monarxiyalar 3 ta. G’arbiy Sahroyi Kabir mamlakatining maqomi noma’lum.
Afrika aholisining soniga ko’ra (1277 mln) materiklar ichida Yevroosiyodan keyingi ikkinchi, aholining o’sish sur’atlari bo’yicha esa birinchi o’rinda turadi. Afrika aholisi yiliga bir necha million kishiga ko’paymoqda. Aholining tabiiy o’sish sur’atlari Markaziy, Sharqiy va G’arbiy Afrika mintaqalari hamda mamlakatlarida (Niger, Chad, Uganda, Malavi, Gvineya, Angola, Mali, Keniya, MAR va b.) ayniqsa, yuqori ko’rsatkichlar bilan ifodalanmoqda. Mazkur mamlakatlarda tug’ilish koeffitsienti 35 promilledan yuqoridir, o’lim koeffitsienti 8-10 promilleni, bolalar o’limi koeffitsienti esa 85-90 promilleni tashkil etmoqda. Aholining o’rtacha umr ko’rish davri 52 yoshdan oshmaydi. Shunga qaramasadan materik mamlakatlarida aholining tabiiy o’sishi ko’rsatkichi hamon yuqori sur’atlarda saqlanib qolmaqda.

47-jadval. Afrika davlatlari

Bosh sahifa - Mundarija