Osiyo davlatlarining siyosiy xaritasini chizish va tahlil qilish


Reja
1. Osiyo davlatlarining siyosiy geografik tavsifi
2. Osiyo mamlakatlarini yozuvsiz xaritaga tushirish
3. Osiyo mamlakatlari poytaxtlarini o’rganish va tahlil qilish
4. O’rganialyotgan davlatlarning geografik o’rniga tavsif berish

Osiyo maydoni jihatdan ham aholi soni bo’yicha eng katta qit’a hisoblanadi. Osiyo atrofidagi orollari bilan maydoni 43,4 mln km kv bo’lib, jami quruqlik maydonining 29.2 foizini tashkil qiladi. Yuqorida aytib o’tilganidek Osiyo aholi soni boshqa qit’alar orasida yetakchi hisoblanadi. Aholisi soni 4,5 mlrd kishi bo’lib, dunyo aholisining 60 foizi mazkur qit’aga to’g’ri keladi. Hozirgi vaqtda Osiyo eng tez rivojlanayotgan mintaqalardan biri hisoblanadi. BMT tomonidan qabul qilingan tasnifga ko’ra Osiyo 5 ta subregionga ajratilgan.
1. Sharqiy Osiyo. Xitoy, Janubiy va Shimoliy Koreya, Mo’g’uliston, Yaponiya.
2. G’arbiy Osiyo. Ozarboyjon, Armaniston, Gruziya, Baxrayn, Isroil, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Qatar, Kipr, Quvayt, Livan, BAA, Ummon, Falastin, Saudiya Arabistoni, Suriya, Turkiya davlatlari.
3. Janubi-Sharqiy Osiyo. Bruney, Sharqiy Timor, Vetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tayland, Filippin davlatlari.
4. Janubiy Osiyo. Afg’onistan, Bangladesh, Butan, Hindiston, Maldiv, Nepal, Pokiston, Shri-Lanka davlatlari.
5. Markaziy Osiyo.Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston davlatlari.
Osiyo hududida jami davlatlar soni 54 ta bo’lib, ulardan 5 tasi (Abxaziya, Xitoy respublikasi, Tog’li Qorabog’, Shimoliy Kipr, Janubiy Asetiya) to’liq tan olinmagan respublikalardir. Osiyoda aholining o’sib borishi yuqori va urbanizatsiya darajasi pastligi uchun ayrim mutaxassislar Osiyoga “Dunyo qishlog’I” deb ta’rif berganlar. Dunyodagi aholisi eng ko’p bo’lgan 10 davlatning 6 tasi, yer maydoni yirik davlatlarning 4 tasi Osiyo hududida joylashgan.


46-jadval. Osiyo davlatlari

Bosh sahifa - Mundarija