Yevropa davlatlarining siyosiy xaritasini chizish va tahlil qilish


Reja:
1. Yevropa davlatlarining umumiy geografik tavsifi
2. Yevropa mamlakatlarini yozuvsiz kartaga tushirish
3. Osiyo mamlakatlari poytaxtlarini o’rganish va tahlil qilish
4. O’rganialyotgan davlatlarning geografik o’rniga tavsif berish

Umumiy geografik tavsif. Yevropa qit’asining maydoni 10 mln. km.kv ni tashkil etadi. Shundan 5,9 mln. km.kv ga teng hududda (Rossiyadan tashqari) Yevropadagi barcha mamlakatlar, shu jumladan, ayrim sobiq Ittifoq respublikalari joylashgan. Rossiya Federatsiyasi jami hududning 4,1 mln. km.kv ga teng qismi Yevropa qit’asiga to’g’ri keladi. Yevropa qit’asi shimoldan janubga (Shpitsbergen orollaridan O’rta yer dengizda joylashgan Krit oroligacha) 5 ming km ga, g’arbdan sharqqa (Portugaliyaning Atlantika okeani sohilidan Rossiyaning Ural tog’laridagi Yevropa - Osiyo qit’alari chegarasigacha) 6 ming km ga cho’zilgan. Yevropa aholisi (Rossiya aholisini hisoblamaganda) 2017-yil boshida 753,8 mln. kishini tashkil etdi. Yevropada yer yuzidagi barcha aholining 10 foizi yashaydi. Lekin, dunyo aholisi sonidagi uning salmog’i XX asr ichida 18% dan 10% gacha kamaydi. Yevropa nisbatan kichik qit’a bo’lsa ham, umumgeografik o’rni bu yerda xilma-xil iqlim mintaqalar va tabiat zonalarining shakllanishiga sabab bo’ldi. Shuning uchun ham qit’aga xilma-xil tabiiy sharoit xosdir.
Dunyo siyosiy xaritasida Yevropaning alohida o’z o’rni bor. XX asrning 80-yillarida bu yerda 32 ta suveren davlat mavjud bo’lgan. 90-yillarning dastlabki davrida esa mamlakatlarning umumiy soni 40 taga yetdi. Sobiq Ittifoq tarkibidan Boltiqbo’yi davlatlarining ajralib chiqishi, Yugoslaviya va Chexoslovakiyaning bo’linishi qit’ada mamlakatlar sonini ko’payishiga sabab bo’ldi. 1989-yilda ikki nemis davlatlarining qo’shilib, yagona Germaniya Federativ Respublikasining barpo qilinishi qit’a va jahon siyosiy xaritasida katta voqea bo’ldi. XX asrning so’nggi 10 yilida Yevropa va jahon siyosiy xaritasida yana ham jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Ittifoq parchalanib, 10 dan ortiq yangi suveren davlatlar vujudga keldi. Shulardan Yevropa davlatlari qatoriga Ukraina, Belarus va Moldova qo’shildi. Shunday qilib, Yevropada yangi XXI asr boshida (Rossiyani hisobga olmaganda) jami 46 mamlakat mavjudligi qayd etilgan.
Yevropa - dunyodagi eng yirik iqtisodiy markazlardan biridir. Yevropaga jami jahon savdo aylanmasining 1/3 qismi to’g’ri keladi. Eng muhimi shundan iboratki, Yevropada jahon tarixida birinchi bor Yevropa Ittifoqi doirasida salkam o’ttizta davlatlarni birlashtirilib, ulkan miqyosga, yagona iqtisodiy va siyosiy makon shakllantirilmoqda.
Aholisi. Yevropada murakkab demografik vaziyat mavjud bo’lib, u mamlakatlar va regionlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatmoqda. Jahon miqyosida eng past darajadagi tug’ilish va tabiiy o’sish mavjud bo’lgan Yevropaga hozirgi vaqtda barqaror tarzda “Demografik qish” holati xosdir. Tug’ilish va tabiiy o’sish darajalarining keskin pasayishi har xil sabablar bilan bog’langan.
Yevrora dunyoning yuqori darajada urbanizatsiyalashgan regionidir. Shahar aholisining salmog’i 65-68% dan (Janubiy Yevropa davlatlari) 74-92% gacha va hatto, 100% gacha (G’arbiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari) boradi. Yevropa Ittifoqining o’zida salkam 50 dan ortiq millioner shaharlari mavjud. Dunyoda YaMD eng katta 10 ta mamlakatning 5 tasi, 100 ta eng yirik TMK (Transmilliy korporatsiya) ning 28 tasi, 20 ta eng salmoqli banklarning 11 tasi ham Yevropada joylashgan.
45-jadval. Yevropa davlatlari

Bosh sahifa - Mundarija